Sergeli tumanida qurilish ishlari avjida. Sergeli 7 mavzesi avtobus shoh bekati oldida bir tomon yo'l qazilayotganligi sababli yo'lning 4 metrli qismidan deyarli 4 yo'nalish orqali kelayotgan avtomashinalar hech qanday svetofor yoki YPX xodimi nazoratisiz, bir-birini hurmat qilgan holda harakatlanishmoqda. Ortiqcha asabbuzarliklar, signal chalishlar yoki yo'l transport hodisalari kuzatilmayapti.
Boshqa yo'llarda ham xuddi shunday madaniyat bo'lganida edi...