"Гарвардский бомж" o‘zbekchaga qanday bo‘ladi, bilmadim.
Hayotta o‘z o‘rnini topishga motivatsiya beruvchi filmlardan biri. Real voqealarga asoslangan.
Ota-onasi giyohvand, o‘zi maktabga bormagan, uyidan (bobosi va opasi qarovidan) ketib qolgan qiz haqida.
Onasining o‘limidan keyin o‘ziga boshqa yo‘l tanlashi kerakligini tushunib yetadi, o‘qiydi, ishlaydi, harakat qiladi. New York Times gazetasi ta‘sis etgan 4 yillik stipendiyani yutib olib ham Garvardda o‘qishga erishadi, ham shaxsiy uyiga ega bo‘ladi, ham New York Times gazetasiga ishga qabul qilinadi. Talabalarbop film