* * *
Bu safar aftidan, faqat ikki kishining hijratidan iborat edi. Ammo Odam Atodan tortib, eng so‘nggi insongacha, hech bir zot «Olamlarga rahmat» bo‘lish darajasiga erisholmagan. «Maqomi Mahmud» martabasiga yuksalish va’dasini olmagan, hech biriga «Shafoat-i Uzmo» (Eng buyuk shafoat) haqqi berilmagan, hech biriga «butun zamonlar Payg‘ambari» unvoni berilmagandi...
Ikkinchisi esa Muhammad (sa.v.) ummatining ko‘z nuri, Rasululloh (sa.v.)ning eng sevimli, sodiq do‘sgi... U shunday bir do‘stki, Alloh taolo tarafidan Habibiga «g‘or birodari» bo‘lib tanlangan, keyinchalik «qabr birodari» bo‘lib saylanadigan va bu birlik hech qanday shaklda biror voqea sabab buzilmas, dog‘ tushmas... Insoniyat bilgan va biladigan eng samimiy o‘lchovlar bilan davom etadi va abadiyat olamida
«kishi sevgani bilan birgadir» marhamati ila taqdirlanadi.
Safar chog‘ida hazrat Abu Bakr (r.a.) orqadan chang — to‘zonga qorishib kelayotgan bir otliqni ko‘rib, xavotirga tusha boshladi. Payg‘ambarimiz Nabiy Akram (s.a.v.) esa tuya yonida Qur’on o‘qish bilan mashg‘ul edilar. G’orda qanchalik osoyishta bo‘lsalar, yana shu matonatini davom ettirardi.
— Ey, Allohning Payg‘ambari, otliq juda yaqinlashdi.
— Qo‘rqma, ey, Abu Bakr, tashvishlanma. Alloh biz bilan birgadir.
Birozdan so‘ng hazrat Abu Bakr (r.a.) Nabiy Akram (s.a.v.)ning qo‘llarini ko‘targan holda «Allohim, shu odamni yiqit!» — deya duo qilayotganini ko‘rdi. Shu onda, Suroqa ismli bu odam yerga dumalab tushdi. Ot oyoqlari qumga ko‘milib tabiiy ravishda yiqilib tushgandi.
Qo‘lga kiritgan yuz tuyalik mol badalini to‘lagan kishining takror otiga mingach, uch marta ham ketma-ket shu holatga tushgandan so‘ng, buning tasodif emasligini, bu yo‘lovchining ilohiy kuchlar tomonidan himoyalanganini fahmladi va omonlik topadi. Qaysarlik qilgan taqdirda ham ilohiy shamol uning peshonasini terga botirardi.
Uning istagi bilan bir suyak parchasiga hazrat Abu Bakr (r.a.) tomonidan yozilgan yozuv uzoq yillar saqlandi.