Quyida
www.infoman.uz saytining ilk maqolalaridan namuna keltirib o'tamiz.
Jahon inqirozining ikkinchi to‘lqiniga qarshi G20 davlatlarida na kuch, na pul borLehman Brothers barbod bo‘lganidan keyin jahon iqtisodiyotini barqarorlashtirish uchun 5 trln. $ va "œkatta yigirmalik" davlatlarining avval kuzatilmagan darajadagi hamkorligi kerak bo‘ldi. Bunda yetakchi mamlakatlar hukumati bir necha yirik banklarga o‘z yordamini ko‘rsatdi, boshqa kompaniyalar ham hukumatdan yordam olish maqsadida o‘z aktivlarining bir qismidan voz kechdilar.
Sal oldinroq jahon iqtisodiyoti qayta tiklanayotgandek ko‘ringan edi, ammo jahon fond va valyuta bozorlarida indekslarning tushib ketishini yana tez kunlarda ko‘rishimiz shubhasizdir. Jahon iqtisodiyotida birozginaga erishilgan sokinlik yolg‘onga o‘xshaydi. Ko‘pchilik ekspertlar Yevropa qarz inqirozini jahon moliyaviy inqirozining ikkinchi to‘lqini deb qarashmoqda. Ushbu ikkinchi to‘lqindan chiqish yo‘llarini topish ancha mushkul bo‘lishi kutilmoqda.
Siyosiy irodaning yo‘qligiYevropa davlatlarining grek qarz inqiroziga qarshi bir yoqadan bosh chiqarib kurashmaganligi, o‘z navbatida, jahon moliya tizimining mukammal emasligini yana bir bor ko‘rsatib qo‘ydi. Yevropa Ittifoqi ichkarisidagi siyosiy nizolar o‘zlariga qimmatga tushishi mumkin. Hozirda Yevroittifoqning yetakchi davlatlari inqirozdan chiqish bo‘yicha aniq bir rejalari borligiga investorlarni ishontirishi lozim. Aks holda bu butun dunyoga ta’sir qilishi mumkin. "œYevropa qarz muammolarini hal qilish uchun yangi qarzlar yordamidan foydalanmoqda", — deydi Oksford iqtisodiy siyosat instituti prezidenti Domeniko Lombardi.
Qarz inqirozini bir yoqli qilish uchun Yevropadan katta miqdorda mablag‘ va kuchli siyosat talab qilinadi. Hozirda Yevropada na unisi, na bunisi bor. Amerikaning gigant kompaniyasi Lehman Brothers bankrot bo‘lganidan so‘ng jahon moliya bozorlari faqat "œkatta yigirmalik" mamlakatlarining birgalikdagi xatti-harakatlariga erisha oldi xolos. Bu mamlakatlar davlat kafolatlari va kreditlar ko‘rinishida jami 5 trln. $ miqdoridagi mablag‘ni taqdim qildilar. Yevropa o‘zining inqirozini avvalgi usul bilan bartaraf qilishga urinib ko‘rdi. Ular 1 trln. $ hajmidagi inqirozga qarshi fond tuzishga kelishib olishgan edi. Biroq, bu reja ham jahon bozorlarida umid paydo qila olmadi.
Inflatsiya yoki defoltXalqaro valyuta fond Bosh iqtisodchisi vazifasini bajargan Ragxuram Rajamning ta’kidlashicha, Yevropaga "œsiyosiy iroda" yetishmayapti. Jahondagi inevstorlar haligacha Yevropa davlatlarining budjetdagi "œteshik"larini kamaytirish bo‘yicha balandparvoz rejalarini amalga oshirishlariga ishonmayapti. Shuning uchun, xarajatlarini qisqartirish va soliqlarni oshirishga erisha olmagan mamlakatlar uchun faqatgina ikki yo‘l qolmoqda: inflatsiya yoki defolt (qarzni to‘lay olmaslik). Lekin, Yevropadagi joriy iste’mol narxlari indeksini hisobga olganda inflatsiya variantini jiddiy ko‘rib chiqishning iloji yo‘q. Natijada atigi bitta yo‘l qolmoqda — qarzlar bo‘yicha defolt e’lon qilish, ya’ni qarzlarini to‘lay olmasligini tan olish.
"œBuning uchun kimdir to‘lashi lozim. Inqiroz yuki soliq to‘lovchilarning zimmasiga tushadi yoki bu vazifani kreditorlar o‘z bo‘yniga olishlari kerak", — deya yozadi R. Rajam o‘zining yaqinda nashr qildirgan global iqtisodiy inqirozga bag‘ishlangan kitobida. "œBiroq, bu fikrlardan birortasi ham qoniqarli emas", — deya o‘z fikrini davom ettiradi u.
Yevropa Ittifoqining qarzlariHozirgi paytda Yevropaning qarzlari jahon iqtisodiyotida atigi 4% ni tashkil qilmoqda. Bunga qaramasdan, Gretsiya, Irlandiya, Portugaliya va Ispaniyaning muammolari jahon moliya tizimiga qimmatga tushishi mumkin. Bu mamlakatlar ichidan birortasining defolti kredit inqirozining yangi halqasini yuzaga keltirishi mumkin.
AQSh Moliya vazirligi sobiq xodimi Edvin Trumenning ta’kidlashicha, Yevroittifoqning AQSh banklari oldidagi qarzdorligi 1,5 trln. $ atrofida baholanmoqda. Balki, aynan shuning uchun AQSh Moliya vaziri Timoti Gaytner shu kunlarda Britaniya va Germaniya boshliqlari bilan YI ning qarz muammolarini yechish usullarini muhokama qilish borasida qaror qabul qilgandir.
E. Trumen fikricha, AQSh Moliya vaziri Yevropa davlatlaridan inqirozga qarshi fondni iloji boricha tezroq amalga kiritishini va bunda o‘z iqtisodiyotlariga zarar yetkazmagan holda budjet defitsitlarini qisqartirishlarini talab qiladi. "œYevropa iqtisodiyoti qisman bo‘lsa-da qayta tiklanmagunicha jahon iqtisodiyoti avvalgi holatiga qayta olmaydi", — deya ta’kidlaydi Edvin Trumen.
Yevropa Markaziy bankining imkoniyatlariBMO Capital Markets ekspertlarining fikricha, Yevropa rasmiylari inqirozdan chiqish uchun o‘zlarining barcha imkoniyatlarini ishga solgani yo‘q. Masalan, Yevropa Markaziy banki (YMB) boshqa g‘arb regulyatorlaridan farqli o‘laroq hisob stavkasini 1% darajada ushlab turibdi. AQSh, Yaponiya va Buyuk Britaniyada esa qayta moliyalashtirish stavkasi nolga yaqin.
Bundan tashqari, YMB Yevropa davlatlarining hukumat obligatsiyalarini bundan-da faolroq ravishda sotib olishi mumkin edi. Hozirgi vaqtda mazkur regulyator ularni sotib olmayapti, balki reytingi balandroq qimmatli qog‘ozlarga almashtirmoqda. "œYMB yetakchilari inflatsiya bilan o‘ralashib, toboro pastga qarab ketayotgan Yevropa iqtisodiyotiga e’tibor qaratmayapti", — deb qo‘shimcha qiladi BMO Capital Markets eksperti Endryu Bush.
Oxir oqibat, Yevropa hukumati a’zolari hozirda barcha narsalar ularning siyosiy irodasiga bog‘liq ekanligini tan olishmoqda. "œJahon iqtisodiyotining qayta tiklanishi ko‘p jihatdan investorlarning ishonchiga bog‘liq, bu ishonch esa bizning moliyaviy holatimiz bilan bog‘liqdir. Agar Yevropa muammolarini hal etishni xohlasak, biz o‘z qarzlarimiz masalasini bir yoqlik qilishimiz darkor", — deya ta’kidlab o‘tgan edi Shvetsiya Moliya vaziri Anders Borg. Biroq, faqatgina masalaning mohiyatini tushunib yetishning o‘zi yetarli emas, buning uchun aniq bir ishlangan reja zarur. Ushbu reja esa haligacha ishlab chiqilmaganga o‘xshaydi.