Ibn Abu Dovud sahih isnod bilan Suvayd bin Hafladan rivoyat qiladilar: "œSuvayd aytdi: "œAli karramallohu vajhahu(k.v.) Usmon to‘g‘risida yaxshi gapdan boshqa narsa gapirmanglar. Allohga qasamki, mushaflar xususidagi ishni u bizning hammamizning maslahatimiz bilan qilgan. Menga ba’zi birovlaringizning "œMening qiroatim sening qiroatingdan yaxshi", degan gaplaringiz yetib keldi, bu esa salkam kufrning o‘zidir», — dedilar. "œNima qilish kerak?" deb so‘radik biz, deydi Suvayd. Ali: "œIxtilof va tafriqa bo‘lmasligi uchun musulmonlarni bitta mushafga jamlash kerak, deb o‘ylayman»,— deb javob berdilar. Biz: "œSizning fikringizni qo‘llab-quvvatlaymiz", dedik. Ali (k.v.) yana shunday deganlar: "œAgar valoyat mening qo‘limda bo‘lganda, mushaflar xususida Usmon qilgan ishlarini qilardim". («Al-Itqon» 1-jild 59-bet, «Al-Masohif» 1-bet.)
Roviylar aytadilar: "œHuzayfa hazrati Usmonga odamlarning ixtilofi to‘g‘risida xabar qilganda, xalifa dahshatga tushdilar va hamma sahobalarni to‘pladilar. O’sha kunlarda ularning soni 12 ming edi. Ular voqeadan xabardor etilganda, sahobalar uni katta xavf, deb bildilar. Ixtilof va tafriqa bo‘lmasligi uchun musulmonlarni bitta mushafga o‘tkazish to‘g‘risida ra’ylari bil-ittifoq, bir qarorga keldi. Mazkur sahifalardan bitta mushaf (muqovalangan kitob) qilib nusxa ko‘chirildi va unga Quraysh lahjasi asos qilib olindi. Odamlarni shu qiroatda o‘qishlikka buyurildi. Shunday qilib, katta bir fitnaning oldi olindi. Agar odamlar o‘z hollariga qolib, Qur’on qiroatlari birlashtirilmaganda, Qiyomatgacha tuzatib bo‘lmaydigan buzg‘unchilik va tahrif sodir bo‘lar edi. («Tarixul-Qur’on», 39-bet)
Ibni Abu Dovud ushbu rivoyatni keltirganlar: "œUsmon (r.a.) Qurayshiylar va ansorlardan 12 kishini to‘plab, ularga agar biror narsa to‘g‘risida ixtilof qilsanglar, uni Quraysh lahjasidagisini yozinglar, deb farmon berdi". Baqara surasidagi ,,tobut"(sandiq) so‘zidan boshqa narsada ixtilof chiqmadi. Zayd «ho» bilan dedilar, qolganlar «to» bilan deyishdi va «to» bilan yozdilar.