"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 801-810
801. Dinimiz ilm o'rganishni musulmonlarga nima uchun farz qilgan?
Javob: Chunki Islomning martabasi ilm yuksakligi bilan namoyon bo'ladi.
802. "Zamon o'tishi bilan Qur'on yosharaveradi" so'zlari kimga tegishli?
Javob: Badiuzzamon Said Nursiy.
803. Payg'ambar SAV tug'ilgan kechada qanday tarxiy voqealar yuz bergan?
Javob: Rasuli akram SAV tug'ilgan kechda Kisroning saroyidagi 14 ta ustun yiqilgan, ma'jusiylrning otashlari so'ngan va Savo ko'li qurigan.
804. Qamariy oylarni tartib bilan sanang.
Javob: Muharram, Safar, Rabiul-avval, Rabiul-ohir, Jumodul-avval, Jumodul-oxir, Rajab, Sha'bon, Ramazon, Shavvol, Zulqa'da. Zulhijja.
805. "Hasbunalloh va ni'mal vakil" nima degani?
Javob: Alloh bizga yetar. U naqadar go'zal vakildir.
806. Rasululloh SAVning hadislariga ko'ra, kimlarning duoasi Alloh huzurida rad etilmaydi?
Javob: Ota va onaning farzadi haqiga qilgan duosi, bir musulmonning boshqa birodariga qilgan duosi, iftor qilgunga qadar ro'zadorning duosi, adolatli hukmdorning duosi.
807. Ulamolar unga bog'liq masalalarda eng ko'p ixtilof qilgan fan qaysi?
Javob: Fiqh
808. Sutra nima?
Javob: Sutra - bu namozhonning oldidan biror narsa o'tmasligi uchun qo'yilgan to'siqdir.Sutrani Hanafiy va Molikiy mazhablari mandub, Shofe'iy va Hanbaliy mazhabalari mustahab deganlar.
809. «Men o‘n olti yildan beri to‘yib ovqatlanmadim. Zero, to‘yib ovqatlanish badanni og‘irlashtiradi, qalbni qoraytiradi, zakovatni ketkazadi, uyquni jalb etadi va kishini ibodatga zaif qiladi». Bu ibratli so'zlar kim tamonidan aytilgan?
Javob: Imom Shofeiy rahmatullohi alayh.
810. Fiqh ilmining peshvolari va odob-axloq namoyondalari, tobe’lari ko‘p bo‘lgan zotlar beshta deyiladi. Bular kimlar, nomlarini sanab o'ting.
Javob: Imom Abu Hanifa, Imom Shofeiy, Ahmad ibn Hanbal, Imom Molik, Sufyon Savriy.