Assalomu-alaykum va rahmatullohu va barokatuhu azizlar.
Janob Abdulazizning ko'targan masalalari juda dolzarab , bugungi kunda, bunga qo'shilaman.
Bilasizmi, yuqorida aytib o'tilgan gaplar,hamma joyda o'z hukmini birday o'tkazmoqda.
Kitoblar haqiqatdan ham,birmuncha narxi yuqori,kerakligidan. Bu albatta, kimlar uchundir hech nima emas.Ammo, aksariyat ilm hohlovchi yurtdoshlarimiz uchun aytarli balandroq narxlardir.
Shu o'rinda, janob Abdulaziz va janob Birodarlarnig so'zlariga qo'shimcha qilmoqchi edim.
Sotuvdagi 2000 so'mlik diniy kitobning o'rniga haqiqatdan ham,birdaniga bir nechta har xil ko'rinishdagi,lekin ma'nisi,yo'nalishi bir xil bo'lgan gazetalarni shu pulga sotib oluvchilar juda ko'plar.
Xo'sh u gazetalarda nimalar yozilgan, nimalar berib borilmoqda?
Yangiliklar rukni va beriladigan jurnalistlarimizning ocherk laridan boshqa hammasi havaskor yoki professional ijodkorlarimizning ijod mahsullaridan iborat.
Kechirasizlaru, hamma qissalar hikoyalar, sevgi -muhabbat, oila mojarolari, dediktivlar syujetlari bir xil.
Bu kimlar uchun qiziqarli,lekin ilm ahli uchun yo'q.
Bu kabi gazetalar aholi ongiga tez singuvchi sahifalar bilan to'laligi,va arzonligi uchun, juda ommabop.
Yana narxlarni o'ylab ko'radigan bo'lsak,
1 chidan bu, talabning oshib borayotganligi.Bu uchun Ollohga shukur, asta sekin bo'lsada odamlar orasida imon insof yoyilib bormoqda.Bunda ayrim uddaburonlar, "samarali" foydalanmoqdalar.Janob Abdulaziz ta'kidlab o'tganlaridek, tan narxdan qo'shimcha daromad stavkalari erkin savdoda bir necha barobar yuqori.
2 chidan bu infilyaciya natijasida ko'tarilib borayotgan iste'mol mollari qiymatlari balandligi.O'ylab ko'ring, 2007 yil yanvar oyida kilosi 3200 so'mlik go'sht,kilosi 1300 so'mlik yog', 2008 yil yanvarda 4500 va 2000 so'mga chiqsa, 2007 yil yanvardagi 3000 so'mlik kitobning narxi,2008 yil yanvarda narxi 3000 bo'lishiga ishonish qiyin.
Bozor iqtisodiyoti degandek, o'zingizdan qolar gap yo'q hozir.
Insof qilib, savob uchun, ilojsizlarga kitob olib beruvchi, talabaga kitob bilan xomiylik qiluvchi odamnlar sanoqli, afsus.
Yana bir tarafi, Jahon bozoridagi , neft narxining oshayotganligida ham gap ko'p.Bunga ajablanishlari mumkin,lekin analiz qilib ko'rsangiz, amin bo'lasiz, manimcha.
Aholi qurbi yetsa oladida, bo'lmasa qayerdan oladi, undan ko'ra ro'zg'ori uchun nimadir ash'yo yoki yegulik olishni afzal biladi, bu turgan gap. Ziyoli,ma'rifat uchun fidokorlar uchun esa farqi yo'q, qimmatmi , arzonmi olishadi, azamatlar, Ollohga shukur bu uchun.
Ammo talabalar uchun bu muammo eng katta bosh og'riqlardan biri.Kitob qimmat olay desa. Keyin bechora ovora har yonda.Kitob so'rab.Bu savol kelajagimiz taqdir masalalaridan biri.
Manimcha diniy kitoblar borasidagi muammoni , Masjidlar tasarrufidagi,savdo do'konlarini ko'paytirish bilan hal qilsa bo'lsa kerak.
Maxsus narxlar belgilanib, savdo rastalariga chiqarilsa yaxshi bo'lardi.