Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (3-jild)  ( 485030 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 ... 114 B


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:52:21

51- bob Payg‘ambar alayhissalomning Makkaga uning yuqori tomonidagi
yo‘ldan kirganlari haqida


Abdulloh; ibn Umar raziyallohu anhudan nakl kilinadi: Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Fath kuni Makkaning yuqori tarafidan tuyaga minib kirib keldilar, tuyalariga Usoma ibn Zaydni mingashtirib olgan erdilar. Bilol va Usmon ibn Talha ersa .Janob Rasulullohni qo‘riqlab kelishardi. Janob Rasululloh tuyalarini masjid oldiga cho‘ktirdilar-da, Baytullohning kalidini keltirishni buyurdilar. Keyin, Baytullohga kirdilar, u kishi birlan birga Usoma, Bilol va Usmon ibn Talha ham kirishdi. Ka’ba ichida uzoq vaqt turib, so‘ng qaytib chiqishdi. Keyin, u yerga odamlar kira boshladi, birinchi bo‘lib Abdulloh ibn Umar kirdi, eshik ostonasida turgan Bilolni ko‘rib, undan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qaerda namoz o‘qidilar?» — deb so‘radi. Bilol Janob Rasulullohning namoz o‘qigan joylarini ko‘rsatdi. Ibn Umar: «Necha rak’at namoz o‘qidilar?» — deb so‘rash esimdan chiqibdi»,— deydilar.

Oisha raziyallohu anho xabar beradilarki, Fath kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Makkaning Kado’ deb nomlangan yuqori tarafidan kirib kelibdilar. Bu yerdagi hadis takroran keltirilgan.

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:52:45

52-bob. Payg‘ambar alayhissalomning Fath kuni  kelib tushgan joylari haqida

Ibn Abu Laylodan nakl qilinadi: ,«Bizga bir odamning xabar berishicha, u Paygambar alayhissalomning Zuho namozini Ummu Honi’dan boshqa odamning uyida o‘qiganlarini ko‘ribdi. Ummu Honi’ning aytishicha ersa, Janob Rasululloh Makka fathi kuni uning uyida gusl qilib, sakkiz rak’at namoz o‘qiganlar. «U kishining bunchalik yengil, ammo ruku’ va sujudlari mukammal namoz o‘qiganlarini ilgari ko‘rmagan erdim»,— deydilar Ummu Honi’».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:53:19

53-bob.

Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning odati shariflari shunday erdiki, ruku’ va sajdada ushbu duoni o‘qirdilar: «Subhona-ka Ollohumma rabbano va bihamdika Ollohummagfirliy!» (ya’ni, «Ey Olloh, ey parvardigorimiz, biz seni barcha narsadan pok erkanligingni e’tirof qilurmiz, doim senga hamd aytish birlan mashg‘ul bo‘lurmiz, yo Olloh, meni mag‘firat qilgil!»).

Ibn Abbos raziyallohu anhudan nahl kilinadi: «Umar raziyallohu anhu meni Badr ulug‘larining suhbatiga olib kirdilar. Ba’zilar norozi bo‘lib: «Nechun bu yigitni oramizga olib keldingiz, bunga o‘xshagan yigitlar bizda ham bor!» — dedi. Hazrat Umar: «Bu yigit o‘zlaringiz bilgan kishilar jumlasidan»,— deb javob berdilar. Bir kuni Hazrat Umar ularni ham, meni ham uylariga chaqirdilar, shunda «Meni bular birlan birgalikda uylariga chaqirishdan maqsadlari meni ularga bir «ko‘rsatib qo‘yish» bo‘lsa kerak» deb o‘yladim. Umar raziyallohu anhu «Izo joa nasrullohi val-fathu va raaytan-nosa yadxuluuna fiy diynillohi afvojan fasabbih» surasini (oxirigacha o‘qib): «Uning haqida fikrlaringiz qanday?» — deb o‘ltirganlarga savol tashladilar. Ba’zilar: «Olloh taolo bizga amr qildiki, agar nusrat topib fathga erishsak, unga hamd aytishimiz zarur erkan»,— deyishsa, ba’zilar: «Bilmaymiz»,— deyishdi, qolganlar ersa lom-mim demadi. Hazrat Umar menga: «Ey Ibn Abbos, siz ham shunday ma’no berasizmi?» — deb so‘radilar. Men: «Yo‘q»,— deb javob berdim. Hazrat Umar: «Unda siz qanday ma’no berasiz?» — dedilar. Men: «Bu Janob Rasulullohning umrlari poyoniga yetib qolganiga ishora bo‘lib, Olloh taolo ul zotga: «Agar sizga Ollohdan nusrat kelib, Makka fath bo‘lsa, bu umringizning poyoniga yetib qolganining alomatidur, shuning uchun Ollohga hamd aytib, uni ulug‘lang, unga istig‘for ayting, darhaqiqat u tavbani qabul qilguvchi zotdur!» — deb amr qildi»,— dedim. Hazrat Umar: «Buning mazmunini men ham siz kabi tushungan erdim»,— dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:53:29

Abu Shurayhdan nahl qilinadiki, u kishi Makkaga askar yuborayotgan Amr ibn Sa’idga bunday debdilar: «Ey amir, menga izn beringiz, sizga bir hadisni aytib berayin, bu hadisni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Makka fath bo‘lganining ertasiga aytgan erdilar, men uni o‘z qulog‘im birlan eshitib, qalbimga joylab olgan erdim, Janob Rasululloh qay holatda so‘zlaganlarini ham o‘z ko‘zim birlan ko‘rganman. Ul zot avval Olloh taolog‘a hamdu sanolar aytib, so‘ng bunday degan erdilar: «Makkani Olloh taolo muqaddas qildi, odamlar emas! Olloh taolo birlan oxiratga iymon keltirgan musulmon kishining Makkada qon to‘kmoqligi, uning daraxtlarini kesmoqligi halol bo‘lmaydi. Agar biror kishi: «Janob Rasulullohning o‘zlari Makkada urushganlar-ku?!» — deb vaj ko‘rsaqa, aytinglarki «Olloh o‘z payg‘ambariga izn berdi, sizlarga izn bergani yo‘q, unga ham bir soatgagina izn berdi, keyin Makkaning bugungi hurmati kechagi hurmatidek asliga qaytdi. Bu yerda bor kishilar bu yerda yo‘qlarga gapimni yetkazsin!».

Abu Shurayhdan: «Bu hadisni aytganingizdan keyin, Amr sizga nima dedi?» — deb so‘rashdi. «Ey Abu Shurayh, men bu narsani sizdan yaxshiroq bilurman, lekin Haram gunohkorni, o‘g‘rini, had urilishidan qochgan jinoyatchini o‘z panohiga olmaydi, deb aytdilar»,— dedilar Abu Shurayh.

Jobir ibn Abdulloh; «Rasululloh Fath kuni Makkada: «Olloh va uning rasuli aroq sotishni harom qildi» — dedilar»,— deydilar.

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:53:50

54- bob. Payg‘ambar alayxissalomning fath kunlari Makkada turganlari
haqida


Anas ibn Molik raziyallohu anhu: «Biz Janob Rasululloh birlan birga Makkada o‘n kun turib, namozni qasr o‘qidik»,— deydilar.

Ibk Abbos raziyallohu anhu: «Payg‘ambar alayhissalom Makkada o‘n to‘qqiz kun turdilar, shunda namozni ikki rak’atdan o‘qidilar»,— deydilar.

Bu hadisda ham Ibn Abbos Janob Rasulullohning Makkada o‘n to‘qqiz kun namozni qasr o‘qiganlarini aytib: «Biz o‘n to‘qqiz kungacha musofir bo‘lsak, namozni qasr o‘qiymiz, undan oshsa, to‘la o‘qiymiz»,— deydilar.

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:54:06

55- bob.

Abdulloh ibn Sa’laba: «Rasululloh Fath yili yuzimni silab qo‘yganlar, u vaqtda to‘rt yashar bola erdim»,— deydilar.

Sunayn Abu Jamilaning Zuhriyga xabar berishlaricha, u kishi Rasulullohni ko‘rgan va ul zot birlan birga Makka fathida ishtirok qilgan erkanlar.

Amr ibn Salamadan nahl qilinadiki, Abu Qiloba Ayyubga: «Amrga uchrashmaysizmi, undan hadis so‘rar erdingiz!» — debdilar. Ayyub: «Men Abu Qilobaning gapi birlan Amr ibn Salamaga uchrashib, undan hadis so‘radim, Amr bunday deb rivoyat qildi»,— deydilar: «Biz ko‘plab odamlar o‘tib turgan joyda, suv bo‘yida turgandik, oldimizdan otliqlar o‘tib turardi. Biz ulardan: «Odamlarga ne bo‘ldi, anavi odam kim?» — deb so‘radik. Ular: «Bu odam «Olloh meni elchi qilib yubordi, u menga vahiy jo‘natdi» deb ta’kidlayotir»,— deyishdi. Men o‘shanda «vahiy» degan so‘zni yodlab olgandim, bu so‘z mening qalbimni mahv etayotgandek erdi. Arablar musulmonlarning islom dini tufayli Makkaning fath qilinishiga umid qilishar va: «Unga tegmangizlar, o‘z qavmi ustidan g‘olib keldimi, demak u haqiqiy payg‘ambar erkan!»— deyishardi. Oradan ko‘p o‘tmay, Makka fath qilindi, shunda har bir qavm musulmon bo‘lishga shoshib qoldi, otam ham qavmimizni islomga kirishga shoshirdilar. Otam Janob Rasulullohning oldilaridan qaytganlaridan so‘ng: «Men Ollohga qasamyod qilurmanki, haq payg‘ambarning oldidan keldim, u kishi bizga mana bu vaqtda mana bunday namoz o‘qishga buyurdilar. «Agar namoz vaqti bo‘lsa, bittalaringiz azon aytingiz, Qur’onni ko‘p biladirganingiz imom bo‘lsin!» deb amr qildilar»,— dedilar. Keyin, namoz vaqti bo‘lgach, Qur’onni ko‘proq biladirgan odamni qidirdilar, lekin mendan ko‘p biladirgan odam yo‘q erkan, chunki men otliq yo‘lovchilardan ko‘p eshitib yodlab olgan erdim. Meni oldinga o‘tqazib qo‘ydilar, shunda men olti yoki yetti yoshda erdim, ustimda burda, ya’ni kalta kuylak bor erdi, sajdaga borsam, orqam ochilib qolardi. Shunda mahalla ayollaridan biri: «Qorilaringizning orqasini yopib qo‘ymaysizlarmi?!»—deb erdi. Keyin, mato sotib olib, menga uzun ko‘ylak tikib berishgan erdi. Men benihoyat quvongan erdim».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:54:14

Oisha raziyallohu anhodan naql qiliiadiki, Utba ibn Abu Vaqqos (o‘lar chog‘ida) ukasi Sa’dga Zam’a (ismli) cho‘risining bolasi o‘z o‘g‘li erkanligini aytib, uni o‘z tarbiyasiga olmoqni vasiyat qilibdi. Janob Rasululloh Makkani fath etmoqqa kelganlarida Sa’d bolani ul zotning huzurlariga olib kelibdi, u birlan birga Zam’aning (katta o‘g‘li) Abd ibn Zam’a ham kelibdi. Shunda Sa’d: «Bu bola akamning o‘g‘li, buni menga topshirganlar»,— dedi. Abd ibn Zam’a ersa: «Yo Rasulalloh, bu mening ukam, cho‘ri Zam’aning o‘g‘li, otamning to‘shagida tug‘ilgan»,— dedi. Rasululloh Zam’aning bolasiga qaradilar, u Utba ibn Abu Vaqqosning o‘zginasi erdi. Rasululloh: «Ey Abd ibn Zam’a, bu bola sening ukang, chunki otangning to‘shagida tug‘ilgan»,— dedilar, keyin bolani Utba ibn Abu Vakqosga nihoyatda o‘xshashligini ko‘rib: «Ey Savda, bundan yuzingni yashirgil!» — deb amr qildilar».

Ibn Shihob Oisha rchziyallohu anhodan nakl qilib: «Janob Rasululloh: «Bola to‘shak sohibiniki, zinokor ersa undan mahrum qilinadi» — deb aytganlar, shunda Abu Hurayra o‘zlarini tutolmay o‘kirib (yig‘lab) yuborganlar»,— deydilar.

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:54:34

Urva ibn Zubayr bunday deydilar: «Rasulullohning davrlarida, Fath g‘azoti vaqtida bir ayol o‘g‘rilik qildi. Uning qarindoshlari Usomaning oldilariga kelishib, ayolni shafoat qilishni so‘rashdi. Usoma Janob Rasulullohga shu haqida aytganlarida ul zotning yuzlari qizarib ketib: «Olloh buyurgan jazoni ado etmog‘imga monelik qilayotirsanmi?!» — dedilar. Usoma darhol: «Yo Rasulalloh, meni kechiringiz!» — dedilar. Keyin, Janob Rasululloh peshin namozi vaqtida ma’ruza qilmoqqa turdilar-da, Olloh taologa hamdu sanolar aytgach, bunday dedilar: «Ammo ba’d, sizlardan ilgarigi qavmlar biror ulug‘roq kishi o‘g‘rilik qilsa, kechirib, nochorroq o‘g‘rilik qilganda jazolaganlari uchun halokatga uchraganlar. Muhammadning joni qo‘lida bo‘lgan zotga qasam  ichib  aytamanki,  hatto  Fotima binti Muhammad ham o‘g‘rilik qilsa,  qo‘lini kesardim!» — dedilar, keyin o‘g‘rilik qilgan ayolni keltirishni buyurdilar. Uning qo‘li kesildi, so‘ng chinakam tavba qilib, turmushga chiqdi». Oisha onamiz: «Usha ayol, keyinchalik mening oldimga kelib turardi, uning hojatini men Janob Rasulullohga yetkazardim»,— deydilar.

Abu Usmonga Mujoshi’ rivoyat qiladilar: «Men Makka fathidan keyin, Payg‘ambar alayhissalomning oldilariga akamni olib keldim-da: «Yo Rasulalloh, men akamni hijratga bay’at qildirishingiz uchun olib keldim»,— dedim. Rasululloh: «Hijrat ahli hijrat savobini allaqachon olib ketib bo‘lishdi»,— dedilar. «Bo‘lmasa, nimaga bay’at qildirasiz?» — deb so‘radim. Janob Rasululloh: «Men akangni islomga, iymonga, jihodga bay’ag qildiraman»,— dedilar». «Keyin, men Abu Mu’abbid (laqabi, ismi Mujolid) birlan uchrashdim, u Mujoshi’ning akasi erkan, ukasining gaplarini tasdiqladi»,— deydilar Abu Usmon.

Bu yerdagi hadis ham avvalgining o‘zginasi bo‘lib, oxirida: «Mujoshi’ning akasining oti Mujolid erdi» degan ibora bor.

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:54:43

Mujohid raziyallohu anhu bunday deydilar: «Men Ibn Umarga: «Shomga hijrat qilmoqchiman»,— dedim. Ibn Umar: «Hijrat tamom bo‘lgan, endi jihod bor, uyga borgin-da, o‘ylab ko‘r, agar jihodga o‘zingda qudrat sezsang, borasan, agar qudrat sezmasang, ahdingdan qaytasan»,— dedilar».

Mujoxid raziyallhu anu: «Men hijrat to‘g‘risida Ibn Umarga aytgan erdim, u kishi: «Bugun (yoki Janob Rasulullohdan keyin) hijrat yo‘q»— dedilar»,— deydilar.

Bu yerdagi hadis ham avvalgi ikki hadisni takrorlaydi.

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:54:54

Ato ibn Abu Raboh bunday deydilar: «Men Ubayd ibn Umar birlan birga Oisha onamizni ko‘rgani bordim. Ubayd Oisha onamizdan hijrat haqida so‘radi. Oisha onamiz: «Bugungi kunda hijrat yo‘q, (ilgari) mo‘minlar dinlarini fitnadan asramoq uchun Olloh taolo birlan uning rasuli panohiga olib qochar erdilar, bugun ersa Olloh taolo islomni ustuvor qildi, endi mo‘min istagan joyda o‘z rabbiga ibodat qila oladi. Ammo, hijrat qilganlik savobiga erishmoqni istagan kishi Olloh taolo yo‘lida jihod qilmog‘i mumkin»,— dedilar».

Mujohid raziyallohu anhu bunday deydilar: «Fath kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘rinlaridan turib quyidagicha ma’ruza qildilar: «Albatta, Olloh taolo yeru osmonlarni yaratgan kundan boshlab Makkani muqaddas qildi. Olloh taolo muqaddas qilgani sababli bu yerda qon to‘kmoq to qiyomatgacha haromdur, bu mendan avval ham, mendan keyin ham biror kishiga halol (ruxsat) bo‘lmaydi, Olloh taolo menga bir soatgina urush qilmoqqa izn berdi. Makkaning hayvonlari quvilmaydi, daraxtlari kesilmaydi, o‘simliklari o‘rilmaydi, bu sozandadan bo‘lak kishiga man’ qilinadi». Abbos ibn Abdulmuttalib: «Yo Rasulalloh, izxirni o‘rmoqqa ruxsat bersangiz, chunki u uyda va soz uchun zarur narsa»,— dedi. Janob Rasululloh biroz sukut qilgach: «Izxirdan boshqasini kesmangizlar, izxirni kessangizlar, mayli!»—dedilar».

Bu yerdagi hadis takroran keltirilgan.

Qayd etilgan