So‘rab chekuvchi
— Onasi, hoy onasi, qo‘shnim Xoldor sigareta chekishni tashlabdi.
— Juda yaxshi bo‘pti-da, chekmasa foydasi borligini biladi-da. Siz ham tashlang, adasi.
— Yo‘q, unga foyda bo‘lgani yo‘q, menga yaxshi bo‘ldi, demoqchiman.
— Nega?
— Chunki u har kuni mendan olib chekardi-da.