Shohijahon 12, shoir Abdulaziz ga:
Tasavvur qiling bir muslima qizni o'zingiz hohlab ota onangizga yoqib turmush qurdingiz.Oradan ko'p o'tmay yana bir sizdan islomni o'rganish maqsadi bilan ba'zi maslahatlar so'rab turadigan bir muslima birodaringizga o'zingiz sezmagan holatda "bog'lanib" qola boshladingiz.Va u qizga uylanishlikni nafsingiz hohlayapti. Qiz ham bunga rozidek . Lekin oilangiz ya'ni uydagi ayolingiz hali yangi kelichak sizning bu qaroringizdan ozorlanishi mumkin balki umuman qabul qila olmasligi mumkin.Qanday yo'l tutasiz?
Judayam qiziqarli, aktual va hayotiy savollar uchun tashakkur. Alloh rozi bo'lsin!
Avvalo uylangan yigitning qanday maqsadidan qat'iy nazar, u ilm olish bahonasimi yoki boshqa,
"bir muslima birodariga o'zi sezmagan holatda "bog'lanib" qola boshlashi" ancha shubhali. Bu yerda ikkala tomonning ham bunaqa vaziyatda nafs xohishlari Alloh rizoligidan ustun turadi. Chunki bir muslimning uyida oyday xotini bo'la turib, boshqa bir muslimaga ko'ngil qo'yishi, yoxud bir muslimaning boshqa muslimning oilasi borligini bilgan holda unga ko'ngil bog'lashi ancha shubhali. Haqiqiy muslima ilm yoki maslahatni boshqa nomahram, yana uylangan erkakdan emas, muslima birodar, opalaridan oladi.
Endi, ikkinchi vaziyat, Bu holatga uyingizdagi yangi kelinchak rozi bo'lishi yoki bo'lmasligi. Albatta norizo bo'ladi. Ming sizni tushunishga harakat qilmasin, baribir o'zini xo'rlangandek his qiladi. U ham kimningdir oq yuvib, oq taragan, sizgacha tarbiyalab, tayyor yetuk holida uyingizga olib kelingan qizi. Uning ham siz bilan yashashdan buyuk orzulari bor. Uning ustiga hali yangi kelinchak. Hali ko'p narsalarni tushunmasligi mumkin. Xullas, ancha-muncha qiz bu holatga rozi bo'lmaydi. Bu holatda kelin va kuyovning ota-onasi ham rozi bo'lishi qiyin.
Shuning uchun ham vodiy ulamolari yangi kelin-kuyovga nikoh o'qib bo'lishgach, kuyovga nasihat qilib, shartli ravishda, agar ikkinchi xotin olmoqchi bo'lsangiz, kelinchakning ko'ngliga qarang, deb aytishadi.
Bunday holatda oilada nima bo'lishi mumkin?
- Erkakning boshqa muslima ko'rsatayotgan "mehr"i tufayli oiladagi o'zining ayoliga muhabbati tobora so'nib borishi.
- Boshqa muslimaga intilish oqibatida, erkak uyidagi asosiy vazifalarini esdan chiqarishi yoki tark etishi.
- Mobodo, bildirmay uylandiyam deylik, u holatda ikkala tomonga birdek munosabatda, birdek mehrda bo'lishi juda qiyin. Bu holatda u gunohkor bo'ladi. Chunki bir kun bunisiga, bir kun ikkinchi xotiniga borishni eplash juda mushkul. Hozirgi davrda ko'p "hojiaka", yana ko'p "savdogar aka"larimiz ikkinchi xotinga uylanishda ko'pincha nafs xohishlarini inobatga olishadi. Ba'zilarining 1-xotini bundan bexabar ham. Islom shartiga ko'ra. esa ikkala tomonga ham birdek munosabatda bo'lish talab qilinadi. Bir yoshi katta akamiz ta'riflagandek, "hozir ikkinchi xotin faqat nafsni qondirish uchun bo'lib qolgan. E'tibor bergan bo'lsangiz, "hojiaka"larning ikkinchi xotinidan bironta farzandi yo'q. Bechora ayol farzand ko'rihni xohlaydi. Lekin "hojiaka"larimiz "ortiqcha tashvish"ni xohlamaydilar".
Bunday holatdan Allohning O'zi asrasin.
Barcha mo'minu musulmonlarga Islomiy hayot tarzi hukm suradigan go'zal oila nasib etsin!