Muzaffarning nikoh to'ylari munosabati ila yozilajak dasturxonga mehmon bo'lmakni istaganlar uchun:
Marg'ilonda odatda ertalabki nahor oshi bomdoddan so'ng beriladi. Shunga ertaroq harakat qilsangiz yaxshi bo'lur erdi. Marg'ilon, Farg'onadan keladurg'onlar men bilan bog'lansangiz, birgalikda mehmonlarni kutib olardik.
Marg'ilon, Farg'onaliklar cuhun to'planiladigan manzil: Marg'ilon shahri, O'ram choyxonasi. So'nggi muhlat: 7.00
Namangan va Bo'z tomonlardan keladiganlar birato'la to'yxonaga kirsalar bo'laveradi. Haydovchiga shunday tushuntirasiz: Namangandan kelishda O'ram choyxonasiga yetmasdan, chap tomonga Daewoo Textile yo'liga burilasizlar, o'sha yerda shag'al bozori, 27-maktab sizlarga mo'ljal bo'ladi. Azizxon degan zapravkaga yetmasdan o'ngga burilgan ko'chada to'yxonani ko'rasizlar.
Kelishdan avval qo'ng'iroqlashinilsa, yana bir maslahat qilib olamiz.
Ertalabki nonushtaga kelolmaganlar, juma namozidan so'ng, 14.00 ga Marg'ilon shahridagi "Xanda" to'yxonasiga o'tishlari mumkin. U yerda kelin tomonning ziyofatiga sherik bo'lainadi.
Unga ham ulgurolmaganlar soat 18.00 da kechki bazmda ishtirok etishlari mumkin. Bemalol qoladig'on bo'lib kelo'rasizlar, joylarimiz vase'.