Vaqt....
Bir yaxshi, ta'sirli so'zni ko'p qaytarilaversa "maza"si ketadi. Ta'siri qolmaydi. Uni eshitgan odamda bir seskanish, e'tibor berib ma'nosiga tushunish degan narsa qolmaydi.
Vaqt qadri haqida ham bolalikdan ko'o'p eshitib kelamiz-u, mana shunday, e'tiborsiz qoldiraveramiz - bizga unchalik ham ta'sir qilmaydi. Agar boshimizdan o'tkazsak-chi? Ana unda haqiqiy maktab bo'ladi.
Hozir har kuni 5:30 da ishga shoshayotganimda, kechki payt sakkiz-to'qqizlarda "Tezroq uyga yetvolsam-u, iftorlik qilsam. Tarovehga ulgurmadim, uhlab qomasmikanman, hufton namozini yana qazo qilib qo'ymasmikanman..." - degan o'ylar bilan uyga qaytayotganimda, minutlar bilan hisoblashayotganimda ... tushunayapman.
Men qachon vaqtida iftorlik qildim o'zi?...