Farzandingizni uyqu soatiga qanday qilib odatlantirishingiz mumkin?
· Uyquga qiziqtirish uchun farzandizngizga bir hikoya yoki ertak aytib bering. Yoshiga qarab xonasida tungi chiroqni yoqib qo’yishingiz mumkin. Agar qo’rqayotgan bo’lsa eshikni biroz ochib qo’yib, o’zi yaxshi ko’rgan o’yinchog’ini (uxlash paytida xalaqit beradigan bo’lmasa) yoniga qo’yib qo’yishingiz mumkin.
· Bolaning yoshiga qarab unga vaqtli yotish sabablarini tushuntirilishi mumkin. Maktab yoshigacha bo’lgan bolalarning bir kunda 10- 12 soat uyquga ehtiyojlari bo’lsa kattalar uchun 6- 8 soat uyqu yetarlidir. Bu holatni bolaga o’zi tushunadigan tilda tushuntirishingiz mumkin.
· Avvalambor, farzandingizga o’zgarmaydigan uyqu rejasini tuzishingiz kerak. Uxlash soati ota-onaning istagiga ham bog’liq ekanligini unutmang. Bu yerda bola, ota yoki onasining qarorlarida ozgina bo’shik sezsa, shu fursatdan hech ikkilanmasdan foydalanadi. Asosiysi oilada ota-onalarning farzandlari oldida gaplashayotgan gaplari bir-biriga mos bo’lishi kerak. Faqat, bu yerda e’tibor berilishi kerak bo’lgan nuqta, uxlash vaqtiga berilayotgan ahamiyat haddan oshmasligi kerak. Masalan, farzandingizning boshidan o’tkazgan stressli voqea yoki oiladagi qandaydir bir hursandchilik bolaning uyqu tartibini o’zgartirishi mumkin. Vaqti- vaqti bilan, farzandingizning ijobiy harakatlarini yaxshilash uchun kech uxlashga ruxsat berishingiz mumkin.
· O’zingiz televizor ko’ra turib, farzandingizga "œuxlash vaqting keldi, o’rning borib yot," deyishingiz, bola qabul qilishi qiyin bo’lgan holatdir. Ayniqsa, uyqu soati tushunchasini shakllantirishga harakat qilinayotgan davrlarning boshida televizorning o’chirilishi, jismoniy ehtiyojlarning qondirilishi (hojat, yuvinish kabilar) atrofning sukunat holatga keltirilishi, uxlash soatidan yarim soat oldin "œBirozdan so’ng uxlash vaqti keladi" kabi oldindan ogohlantirishlar bilan farzandingizni uyquga tayyorlashingiz mumkin. Shu bilan birga uxlash vaqti yaqinlashganda, bolani hayajonlantiruvchi, harakatga keltiruvchi o’yinlardan uzoq bo’lishi kerak.
· Kechalari uyg’onib ketish yoki yotmaslik kabi muammolari bo’lgan bolalarda albatta kech uyg’onosh kabi muammolari ham bo’ladi. Bu muammoni kamaytirish uchun odatdagiga nisbatan vaqtli yotgan va vaqtli turgan kunni topishga harakat qiling va o’sha kunni imkon qadar samarali o’tkazing. So’ng farzandingiz bilan o’tkazgan kuni haqida suhbatlashishingiz va unga "œKecha vaqtli uxlaganing uchun bugun vaqtli turding va biz ham sen bilan birga ko’p ishlar qildik," deb uni vaqtli yotishga o’rgatishingiz mumkin.
Bolajon.com dan olindi