Dunyodagi hamma savolga javob topib bo`larmikin?
Savollar kerakmi o`zi?
Savollar kerak, ularning javoblari ham kerak. Chunki to`g`ri xulosalar insonni to`g`ri yo`lga boshlaydi, adashishlardan saqlab turadi.
Savollar hidoyatga ham, jaholatga ham yetaklashi mumkin"¦
Adabiyot ham, san’at ham koinot, tiriklik va o`lim sirlar uzra paydo bo`lsagina, uzoqroq yashay olarkan. Mayda maishiy, muhokamaga arzimaydigan mavzular orasida o`ralashgan asarlar ertgayoq yo`qolib ketishga mahkumdir.
Jeyms Kameronning "œAVATAR" filmi yuksak rejissorlik ishi, kinosan`atning ajoyib namunasi, albatta. Ammo ziyrakroq tomoshabin sujet ham, g`oyalar ham yangilik emasligini tezda anglab yetadi.
Men Sanjar Shodiyevning "œ7 haykal 1 ta kal" komediyasi, nazarimda g`oyaviy jihatdan "œAVATAR"dan ko`ra yaxshiroqdir. Chunki Kameronning aytmoqchi bo`lgan so`zlari kishini boshi berk ko`chaga olib boradi.
Filmga ko`ra inson beshafqat, u o`z manfaati yo`lida har qanday pastkashlikka tayyor va hakozo"¦
Kinodagi tushunchalari: tuyg`ular bor, insoniylik bor, yaxshilikka intilish, kurashish lozim — bir qarashda ajoyib, hammasi zo`r.
Kinoni ko`rarkansiz, u sizni sehrlaydi, qiziqasiz, voqealaraga berilasiz, reallikdan uzilasiz, film tugagach, hafsalangiz ko`p narsadan pir bo`ladi, insondan nafratlanib qolasiz. Eng ichki fikrlaringizdagi odamlarga ishonchsizlik ortadi. Siz filmdan halovat tuymaysiz, huzur etmaysiz, iymon, haqiqat yo`li haqida saboq ololmaysiz.
Chunki u bo`lmagan va bo`lmaydigan voqeliklar haqida gapiryapti (adabiy jihatdan bu mumkin), asosiysi shuki, u yerda yolg`onchi fikrlar kuchli!
Insonning intihosi nima bo`ladi?
Insonning halovati shahvoniy hislarni yetaklovchi tuyg`ular bilan cheklanganmi?
Hayotdan maqsad nima?
Bu savollarga javob yo`q, bo`lsa ham, hayotdan istagancha lazzatlan, axloqsizlik, fahsh bilan bo`lsada, degan javob olasiz.
Aslida butun G`arb olami shu tushunchalar ichra yashaydi va bu uning halokatidir.
Umuman, "œAVATAR"nusxa filmlar tiqilib yotibdi, ularni yotvolib ko`rishyapti, unga ketgan vaqtlar uvol, ko`z nurlar uvol — u sizni tarbiya etdimi? Ruhingizni toshday bosgan yuklarni olib tashladimi? Sizni oila tshvishlaringizdan, hayot mushkullaridan zavol bilmas halovatga olib chiqa oldimi?
Yo`q!
Ular bunga qodir emas. Bunga Jeyms Kameron ham, uning filmlari ham qodir emas. Ular insonni maqsadsizlikka chorlamoqda, chuqurroq o`ylang, buni anglaysiz.
Aytmoqchimanki, "œAVATAR" hayratga umuman arzimaydi, u sizga doimiy halovat berolgani yo`q, hayotda real yo`lni ham ko`rsatmadi, e’tiqodingizni ham mustahkamlagani yo`q, insonning imkoniyati ortsa, hayvon bo`ladi, bunday bo`lmaslikning esa iloji yo`q deyapti, u yerda inson tarbiyalanmaydi.
Filmda inson kamoloti haqida sira gap yo`q, insonning ichki olami ham ochilmagan, "œAVATAR" ertaga o`ziga ergashganlar bilan o`ladigan multfilm, ertak, xolos.
O`zbek kinosini yaratayotgan hurmatli rejissorlar ham taqlidga bo`ysunmay, inson qalbini tahlil etsinlar, degan bo`lardik.
Aytgancha, mening "œAVATAR"ga, Kameronga ham g`arazim yo`q, o`zim rost bilgan so`zni aytib qo`yay dedim-da.
Akrom MALIK,
O`zMU talabasi.