Transport vositalarida namoz o‘qish
Faqih olimlardan Umar Nasuqiy zamonaviy transport vositalarida namoz o‘qish xususida shunday fikr bildiradi. Bunday vositalar.uch qismga bo‘linadi:
1. Ot, tuya, eshak kabi miniladigan hayvonlar. Bu hayvonlarningustida hayvon ketayotgan tomonga qaragap holda sunnat va nafl namozlarni o‘qish joizdir. Faqat farz namozlarni hayvondan tushib o‘qish vojib. Chunki hayvonni yurgizish va to‘xtatish egasining ixtiyorida bo‘lib, xohlagan joyda tushib, namozini o‘qishi mumkin.
2. Avtobus, avtomobilga o‘xshash to‘xtatish mumkin bo‘lgan yo mumkin bo‘lmagan vositalar. Bular ham yo‘lovchiga ko‘ra ikki qismga ajraladi:
a) Yo‘lovchilar vositalarning egasi bo‘lsa, farz namozlarni yerga tushib, ado qilishlari zarur.
b) Yo‘lovchilar vositalarning egasi bo‘lmasa, namoz vaqtida xushmuomalalik bilan vositani to‘xtatishini so‘raydilar. To‘xtata olmagan taqdirda, iloji boricha, o‘tirgan holda ruku va sajdani qilib namozini vositaning ichida o‘qiydi. Chunki namozni qazo qilganidan ko‘ra, mana
shu tarzda ado etgan afzaldir.
v) Yo‘lovchi mingan vosita poezd, kema va samolyotga o’xshash to‘xtatilishi mumkin bo‘lmagan vositalarda qiblaga yuzlanib va tik turgan holda namoz o‘qish imkoni bo‘lsa, o’sha holatda namoz o‘qiydi. Agar yuqoridagi shartlar mavjud bo‘lmasa, namoz qazo qilinmaydi, imkoni bo‘lgan shaklda o‘qiladi.