Foydali maslahatlar  ( 200280 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 ... 21 B


maknuna  06 Iyul 2006, 07:17:00

Milk, burun, tomoq kabi a’zolar qichishsa, demak, issig‘ingiz oshib ketibdi. Endi sovuq ovqatlarga o‘ting. Masalan, qatiq, suyuq xamir ovqatlar, xom bulg‘or qalampiri, shaftoli, shakarob va hokazo. Shuningdek, hammomga tushib turing.

* * *
Yuzdagi ajinlarni yo‘qotish uchun har kuni 1 soat sekin, lo‘killab yugurish lozim.

Qayd etilgan


maknuna  06 Iyul 2006, 07:17:08

Aqlni, zehnni ziyoda qilishda g‘oz, o‘rdak, kabutar, tustovuq, qirg‘iy, tovuq, kurka tuxumlarini iste’mol qilish katta ahamiyat kasb etadi.

* * *
Choyni va suyuq ovqatlarni doim iliq holda iching. Issig‘i nafas yo‘llarini va qizilo‘ngachni kasal qiladi. Ya’ni, tomoq, qizilo‘ngachdagi yupqa parda kuyadi, natijada qichishish tufayli yo‘tal paydo bo‘ladi.

Qayd etilgan


maknuna  06 Iyul 2006, 07:17:23

Suvni idishlarga olib qo‘yib, ertasiga ishlating. Mabodo suv loyqa bo‘lsa, unga achchiqtosh soling, yaxshi tinadi.

* * *
Kabob, qazi, norin, mantini "œo‘ldirilgan" piyoz bilan iste’mol qiling.
   

Qayd etilgan


maknuna  06 Iyul 2006, 07:17:29

Yomg‘ir, qor suvlaridan choy qaynatib ichish, hazm yo‘llariga davo bo‘ladi.

* * *
Issiqdan paydo bo‘lgan bosh og‘rig‘ini tut, yerqalampirning bargi, otquloq, ko‘lob suvda suzish qoldiradi.

Qayd etilgan


maknuna  06 Iyul 2006, 07:17:37

Kunjutning oqi ham, qorasi ham xotirani tiklaydi. Kunora 2 gr.dan bir oy mobaynida iste’mol qilinadi.

* * *
Yotish oldidan ikki piyola qatiqni ichib uyquga ketgan kishining katta tahorati ravon bo‘ladi.

Qayd etilgan


maknuna  06 Iyul 2006, 07:17:44

Uxlash oldidan yong‘oq iste’mol qilish sog‘liqqa zarar.

* * *
Asal bilan yong‘oqni hech qachon birgalikda tanovul qilmang. Yong‘oqni quruq mevalar (mayiz, bodom kabilar) bilan tanovul qiling.

Qayd etilgan


maknuna  06 Iyul 2006, 07:17:50

Chayon chaqsa, chayon eritmasini surkang yoki ko‘p marta o‘sha joyni so‘rib, tuflab tashlang. Ilon chaqsa ham shunday qiling. Yana bir dori — chaqqan joyga gugurt cho‘pining boshidagi dorini qirib olib, ho‘llab chaplash kerak.

* * *
Oqar suvda ko‘p cho‘milish ko‘z nurini qirqadi, buyrakka ham zarar, badanni zaxlatadi.

Qayd etilgan


maknuna  06 Iyul 2006, 07:17:57

Qoningiz kam bo‘lsa, har kuni qizil lavlagidan pishirib tanovul qiling. Kuniga yarim qadog‘i yetarlidir. U qoningizni ham tozalaydi.

* * *
Gazeta, kitob qog‘ozlariga ovqat, non o‘rash zarar, unda qo‘rg‘oshin moddasi bor.

Qayd etilgan


maknuna  06 Iyul 2006, 07:18:06

Buyrak va o‘t pufagidagi toshlarni chiqarib tashlash uchun bir yillik na’matak tomirini choy o‘rnida damlab ichilsa-yu, ertalab 100-150 misqol qirilgan sabzi iste’mol qilinsa, ayni muddao bo‘ladi.

* * *
Bir qancha kasalliklarga, masalan, o‘pka siliga qor, yomg‘ir suvlaridan choy damlab ichish foydalidir.

Qayd etilgan


maknuna  06 Iyul 2006, 07:18:15

TISH... KAMHARAKATLIKDAN OG‘RIYDI

Tajriba qilinayotgan kalamushlarni tor qafasga solib qo‘yishdi.Kalamushlar yuz sutkagacha harakatlana olishmadi. Ularni rentgenda tekshirib ko‘rishdi: kalamushlarning suyak to‘qimalari siyraklashib, suyaklar zichligi kamayib qolgani aniqlandi. Olimlar bir necha tajriba o‘tkazib, uzoq vaqtgacha kam harakatda bo‘lish, tishlarning minerallanishini yomonlashtiradi va tish kasalligi — kariesning rivojlaniga olib keladi, degan xulosaga keldilar.

Qayd etilgan