Assalamu alaykum!
Musliha singlim! Sizga chuqur hurmat bildirgan holda quyidagilarni aytishni ma'qul topdim:
1. Omad ham, taqdirda omadli yo omadsiz bo'lish ham peshonada yozilmaydi. Bularning Lavhul Mavh8tzda yozib qo'yilganini Siz kabi dindan xabari bor muslima bilsa kerak?
2. Taqdirni hech nima o'zgartirolmaydi deaasiz. Chin ixlos bilan qilingan duo qadarni o'zgartiradi ma'nosida Payg'ambarimiz SAVdan hadislar vorid bo'lgan.
Salmon Forsiyning rivoyatlarida Rasululloh SAV: "Qazoi qadarni faqat duo qaytaradi, umrni faqat yaxshilik uzaytiradi", deganlar (Termiziy rivoyati).
3. Yuqorida Siz keltirgan javoblar nisbiy, ya'ni, o'z shaxsiy mulohazalaringiz. Boshqalarning fikri Sizga muxolif bo'lishi tabiiy. Chunki hamma har xil sharoitlarda yashaydi.
Savolizga kelsak, omad men uchun tole', baxt... Hidoyat topganim Omadim, baxtim.. Sizlardek Musulmon birodarlarimning borligi Omadim, baxtim..