Ibn Abbos Payg‘ambar sallallolhu alayhi vasallamdan rivoyat qiladi: "œAlloh taolo Adn jannatini yaratgan vaqtda ko‘z ko‘rmagan, quloq eshitmagan va insoniyatning ko‘ngliga kelmagan narsalarni yaratdi. So‘ng Alloh taolo unga, gapir dedi. "œAlbatta, mo‘minlar najot topdi", dedi uch bor. So‘ng "œMen baxilga, munofiqqa, riyokorga haromman", dedi jannat".
Ali ibn Abu Tolibdan rivoyat qilinadi: «Riyokornning alomatlari to‘rttadir: o‘zi qolgan vaqtda yalqovlik, insonlar bilan birga bo‘lsa tirishqoqlik qiladi. Uni maqtashsa, amalni ko‘paytiradi; yomonlashgan vaqtda noqis qiladi».
Zohid Shaqiq ibn Ibrohimdan rivoyat qilinadi: "œAmalning qo‘rg‘oni uch narsadir:
1. Amaldagi tavfiqni Alloh taolodan deb bilmoq — u bilan manmanlik sinishi uchun.
2. Amalni Allohning roziligi bilan boshlamoq  u bilan havoyi nafsi sinishi uchun.
3. Amalning savobini Alloh taolodan umid qilish — unda tama’, riyo bo‘lmasligi uchun. Bu narsalar bilan amallar xolis bo‘ladi".
Amaldagi tavfiqni Alloh taolodan deb bilish, degan so‘zda, albatta Alloh bu amalni unga muvaffaq qilgani bilinadi. Agar Alloh muvaffaq qilganini bilsa, u shukr qilganda, unda manmanlik, kibr bo‘lmaydi. Amalni Allohning roziligi bilan boshlash o‘sha amalga qarash, agar amal Alloh uchun bo‘lsa, shu amalni qilish tushuniladi. Agar unda Allohning roziligi yo‘qligini bilsa, havoi nafsi bilan amal qilmaydi. Chunki Alloh taolo aytadiki:
"œAlbatta nafs, agar Parvardigorimning o‘zi rahm qilmasa, barcha yomonliklarga buyurguvchilar" (Yusuf, 53). Ya’ni, nafs yomonlikka va shahvoniyatga buyuradi... Amalning savobini Alloh taolodan umid qilish, deganda, insonlarning gaplariga parvo qilmasdan, amalni Alloh taolo uchun xolis qilish tushuniladi.
Ba’zi hukamolardan rivoyat qilinadi: "œAmal qilguvchi amalida qo‘y boquvchidan o‘rnak olishligi lozim bo‘ladi. Albatta, qo‘y boquvchi agar namoz o‘qisa, qo‘ylardan namoziga maqtov olishni o‘ylamaydi. Shuningdek, amal qilguvchi insonlar unga qarashlarini ko‘ngliga keltirmasligi lozim. Alloh taolo uchun insonlar oldida va yolg‘iz qolganda ham bir xil tarzda amal qiladi. Insonlarning maqtovini talab etmaydi".
Hukamolardan ba’zisi aytadi: "œAmal durust bo‘lishi uchun to‘rt narsa kerak bo‘ladi. Avvalo, amalni boshlashdan oldin ilm lozim. Chunki amal faqat ilm bilan yaxshi bo‘ladi. Agar amal ilmsiz bo‘lsa, amalni yaxshi qiladigan narsadan buzadigan narsa ko‘proq bo‘ladi. Keyin amalning boshida niyat lozim. Chunki amal niyat bilan solih bo‘ladi.