Assalomu alaykum !
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sunnatlari, ota-onalarimizning kasbi Oila qurish har bir Insonning,erkagu ayolning zimmasidagi vazifa. ALLOH taolo har bir oila qurgan mo'min va muslimalarga O'zining mehri, rahmati va ilohiy barokotini nasib aylasin. Oila qurish niyatida yurgan barcha mo'min ukalarimiz va mumina singillarimizga yaxshi joylardan, faqatgina O'zidan qurqadigan jufti halollardan nasib aylasin !
Tarixda va hozirgi kundagi har bir jamiyatda Oilalaning o'rni beqiyosdir. Har bir inson oila qurgandan keyin o'z hayotidagi katta va yangi bosqichga qadam quyadi.Insonning kamolat sari quyilgan asosiy qadamlaridan biri bu oila qurishdir. Shuning uchun ham har bir inson avvalam bor mana shu jihatga katta ahamiyat berishi lozim.
Har bir insonni qalbiga ALLOH taolo O'zi O'z hidoyatini solmagunicha chinakam musulmon bula olmas ekan. Qachonki ALLOH taolo O'zi sevgan bandasining qalbiga O'zining Iymon nurini sochgandan keyin har bir inson chinakam islomiy ofiyatni O'z hayotida his qila boshlaydi. Mana shundagina inson o'ziga-"Endi chinakam Musulmon bo'ldim" deb tashhis quyishi mumkin.Har birimiz yoshligimizda yodlatilgan "LA ILAHA ILLALLOH" kalimasini aytsakda, lekin qalbimizda ALLOH hidoyati bo'lmasa biz baribir Jaholatda bo'lamiz.Biz Islomni, Dinimizni tushunmaslik jaholatida bulamiz.
Ana endi shunday jaholat ustida bino qilingan oila haqida fikr yuritsak. Ikki yosh, bir oila !Ularning ongini egallagan dastlabki narsa moddiychilik, dunyo xoyu-xavasi bo'ladi. Ular boshqalardan kam bulmaslik uchun dastlab farzandlik bulishni niyat qilishadi.Mehribon ALLOH ularga farzand ne'matini nasib aylaydi: bir o'g'il,bir qiz ! Bu ikkalasidan baxtli inson yuq shu vaqtda ! Lekin bu baxtli onlar uzoqqa chuzilmaydi.Endi ya'na o'zgalardan kam bo'lmaslik uchun ular hashamatli uy-joy qilishga, chiroyli zamonaviy mashina olishga,kelajakdagi farovon kunlar uchun mablag' tuplashga harakat qila boshlashadi.Dunyo ularning ko'zini shunchalik xiralashtiradiki, ular ALLOH bergan dastlabki ne'mat bolalariga ham vaqt ajrata olishmaydi. Farzandlari ham ularga uxshab "LA ILAHA ILLALLOH" kalimasini yodlashadiyu, ular kabi Jaholatda yashashda davom eta boshlashadi.Lekin shuncha narsa bilan ular SAODATGA erisha olishmaydi.
Ana endi bolaligidan Islom ne'matidan bahra olib usgan ikki yosh qurgan oila haqida fikr yuritsak. Ikki yosh,bir oila ! Ikkalasi ham avvalam bor ALLOH taologa taqvo qilib faqat U Zotdan qurqadi. ALLOH ning taqdiriga iymon keltirib, ibodatida bardavom bulib, uning rizqiga shukr qilib hayot kechira boshlaydi.ALLOH taolo ularga ham farzand ne'matini, uy-joy ne'matini, boylik ne'matini nasib aylaydi.Bu ularning taqvosi, sabriga berilgan mukofotlardir. Lekin ularning o'zlari uchun eng asosiysi bu ularning Iymonidir ! Chunki ular shu iymonlari orqali o'z farzandlarini, yaqinlarini, do'stlarini ham Saodat sari etaklashadi.
SAODAT esa bu ALLOH taolo mo'min va muslimalar uchun va'da qilgan JANNATDA o'zi sevgan kishilar bilan birga bo'lmoqdir...