- Sovuqmi?
- Ha yo'q... Biroz...
- Buvim yaxshimilar, dadam tuzukmilar?
- Yaxshi, aka.
- Ma, manavini kiyib ol.
- Yo'o', o'zingizchi?
- Uyda boshqasi bor. Bor, o'qishingga kech qolma.
Uka ketdi, ko'zidan chiqqan yoshni akasiga ko'rsatmay ketdi.
- Sizdan iltimos do'stim, boshliqqa aytib qo'ysangiz, bugun borolmasakanman ishga. Ammo oyning ohirigacha rejani bajaraman.
Aka darvozasi tomon yurdi, hotirjam.
Endi mening ko'zimdan ikki tomchi yosh chiqdi... Qaniydi men to'nimni yechib berolsam unga...