Poklik va nopoklik
Assalomu alaykum. 7-juz, Moida surasining 100-oyatida Alloh taolo payg'ambarimiz sallallohu alayhi va sallamga buyurib aytadiki:
"Ayting. Pok bilan nopok barobar emas". Bu yerda biz ahamiyat berishimiz kerak bo'lgan narsalarning avvalgisi shuki, Alloh taolo shunchaki: "pok bilan nopok barobar emas" deb qo'yaqolgani yo'q, balki buni aytishni payg'ambarimiz sallallohu alayhi va sallamga buyurdi. Chunki u zot alayhissalom nima yaxshi, nima nopok va nima pokligini bizga ta'lim beruvchi shaxsdirlar. Allohning huzurida qaysi narsa qabul, qaysinisi qabul emasligini biz u zot alayhissalomdan o'rganamiz.
Shunday ekan biz musulmonlar uchun payhammarimiz sallallohu alayhi vasallam asosiy namuna bo'lishi kerak. Hayotda qanday yashashimizda, odob-ahloqimizda u zot alayhissalom bizga asosoy o'rnak bo'lishi lozim.
Ko'pincha o'z suhbatlarimizda "Hamma nima bo'lsa biz ham shu-da" degan gaplarni eshitamiz. Nima yaxshi nima yomon, nima pok nima nopok, nima ma'qul nima noma'qul ekanligini odamlar, jamiyat hal qiladi degan fikr ko'pchiligimizning ongimizda singib ketgan. Lekin bu jamiyat o'rnatgan me'yor tinimsiz o'zgarib turadi to'g'rimasmi?
Bir necha yil avval ma'qul bo'lmagan ishlar hozir ma'qul ishga aylanib qoldi. Avvallari radio televideniyelarda namoyish qilish mumkin bo'lmagan narsalar hozirda odatiy holga aylanib qoldi. Masalan qisqa bo'lsa ham behayo epizodlar aralashgan, yigit va qiz, erkak va ayol o'rtasidagi ishqiy munosabatlar tasvirlangan epizodlarni avvallari kinolarda deyarli uchratmas edik, hozirda esa bunday tasvirlarni hattoki multfilmlarda ham ko'rish mumkin. Ota-onalar va farzandlar televizor tomosha qilishayotganda tasodifan namoish etilib qolgsa oila a'zolar bir-birlaridan hijolat chekadigan, hattoki televizor o'chirib qo'yiladigan yoki boshqa kanalga o'tkaziladigan tasvirlarni hozirgi kunda bemalol umuman hijolat bo'lmasdan butun oila birgalikda tomosha qilyapmiz.
Demak me'yorning davomiylik muddati qancha? Uning amal qilish muddati bormi? Payg'ambar alayhissalom Alloh biz bandalarga o'rnatgan me'yorlarni ta'lim beradigan kishi bo'lganlar. U zot sallallohu alayhi va sallamning payg'ambar qilib yuborilishidan asosiy maqsad shu bo'lgan. Alloh shunday me'yorlardan birini bu oyatda qat'iy ta'kidlab: "Ayting. Pok bilan nopok barobar emas" demoqda. Oyatning davomini ham diqqat bilan o'rganadigan bo'lsak u yerda:
"Hattoki nopokning ko'pligi sizni ajablantirsa ham" deyilgan. Hattoki u sizni o'ziga rom qilsa ham, shu narsa yaxshi bo'lsa kerak degan hayol paydo qilsa ham. Bundan "Nopok keng tarqab ketadi. Hammayoq nopoklikka cho'mib ketadi" degan ma'no ham anglashiladi. Biz esa "Hamma shunday qilyapti-ku. Hamma shunday deydi-ku. Nimalar deyapsan, tinchlan do'stim. Nimaga sen o'zingni bunday g'alati tutyapsan" deb aytamiz. Bizning nazdimizda "g'alatilik" nima? Bu hammadan boshqacha, nomaqbul, ommalashmagan gap va amallardir. Huddiki ommaviy narsalar har doim maqbuldek.
Hullas, Alloh bizga nopoklik me'yorga aylanadi demoqchi. Lekin u odamlar, jamiyat nazdida qanchalik me'yorga aylanmasin, shuni unutmaylikki baribir u hech qachon pok bilan barobar bo'lmaydi. Noto'g'ri narsa hattoki barcha do'stlarimiz unga sho'ng'igan bo'lishsa ham baribir noto'g'riligicha qolaveradi. Qayerga qaramaylik hamma o'sha noto'g'ri gapni gapirayotgan, unday amalni qilayotgan bo'lsa ham u to'g'riga aylanib qolmaydi.
Oyatning davomida
"Allohga taqvo qiling ey aql egalari" deyilgan. Ya'ni, ey tiniq fikrlovchi kishilar, ey ahli donishlar, ey fikrlari odamlarga qarab o'zgarib turmaydigan shaxsiyati kuchli odamlar, kuchli targ'ibot hujumidan fikrlari vayron bo'lib bir zumda o'zgarib ketmaydigan kuchli iroda egalari, kim qayerga yetalasa huddi ko'r qo'ydek ergashib ketavermaydiganlar, hamma bir hil ish qilsa o'sha narsa to'g'ri bo'lsa kerak deb fikri o'zgarib qolmaydiganlar, siz ular kabi fikrlaydigan bo'lib qolmang deyapti Alloh.
Oramizda shundaylarimizham borki, bir nimani nishonlasa uni nima uchun nishonlayotganlarini o'zlari anglab yetishmaydi. Nimani nishonlashayotganlari haqida fikr yuritishmaydi ham. Ba'zi bayralmar borki u bayramlarni nishonlash uchun odamlar o'lib tolib harakat qilishadi lekin nimani nishonlashayotgani haqida ularda zarracha tasavvur yo'q. Ular buni nishonlashlarining asosiy sababi boshqalar ham uni nishonlashlaridir. Qo'ysifat bo'lib qolmang. Sizlar chuqur fikrlovchi, fikr doirasi keng odamlar bo'lishlaringiz kerak demoqchi Alloh.
Yana davomida
"shoyadki najot topsangiz" deyilgan. Bu oyatning so'nggi qismi. Ya'ni odamlar hammasi bir hil amal qilishayotganini ko'rib "hamma shunday qilyapti-ku, demak men ham shunday qilsam muvaffaqiyatga erishsam kerak-da degan hayolga borib qolmang" deyapti Alloh. Amal qiluvchilar soni har qancha ko'p bo'lmasin, "ularning amali meni muvaffaqiyatga, najotga eltsa kerak" degan o'y hayolingizni qanchalik ko'p band etsa ham, o'zingizni bundan to'htating. Agar siz yaxshilikka, najotga, muvaffaqiyatga yetishadigan odamlardan bo'lishni istasangiz o'zingizni mudom pok saqlang.
Bu oyatga bermoqchi bo'lgan izohimning ohirida sizlarni iflah so'ziga e'tibor qaratishingizni istardim. Alloh oyatda La 'allakum tafuzun demadi. Aslida arab tilida najotni, muvaffaqiyatni anglatadigan boshqa so'zlar ham bor. Lekin bu oyatda aynan tuflihun deyilishining ham o'ziga hos sababi bor. Iflah so'zi dehqonchilik uchun ishlatiladi. Dehqon yerga urug' qadab, yerni chopib, yumshatib, sug'orib, soya salqindan, begona o'tlardan, zararkunanda hashoratlardan o'simlik, ko'chatni asrab, butun yil davomida ter to'kib mehnat qilib, nihoyat ohirida muvaffaqiyat, najot, yaxshilikka yetishadi. Tuflihun so'zi bir natijaga erishish uchun bizdan katta mehnat talab qilingandagi najotni anglatishda ishlatiladi.
Bu yerda Alloh bizning e'tiborimizni nopoklikka qarshi kurash bizdan uzoq va katta mehnat talab qilishini anglatmoqchi bo'lyapti. Bulg'och muhitda poklikni qidirib topib uni mahkam ushlash o'ta qattiq mehnat evaziga bo'lishini anglatyapti. So'nggi rohat, buning natijasida keladigan najot, muvaffaqiyat bizdan og'ir mehnat qilishimizni talab qiladi. Bu o'z-o'zidan bo'lib qolmaydi. Buning uchun qattiq mehnat qilib ter to'kishimiz kerak. Yaxshi pok do'stlar orttirishimiz kerak. Ko'ngil ochish uchun ham yaxshi va pok narsa topishimiz kerak. O'qiydigan narsalarimiz ham pok, yaxshi narsalar bo'lishi kerak. Qiladigan ishimiz, kasbimizda ham nopoklik aralashmasligi kerak. Bularning hammasi kuchli iroda, og'ir chidam, bardosh, mehnat talab qiladigan narsalar. Hattoki yeydigan yemishimiz ham pok va yaxshi yemishlar bo'lishi kerak. Bularning barchasi katta qiyinchilik evaziga keladigan narsalar. Biz bunday qiyinchiliklarning barchasiga chidab, kuchli iroda bilan sabr qilib mashaqqat chekamiz. Aql egalaridan, taqvodorlarda bo'lishga qattiq tirishamiz. Chunki ishonamizki, buning mukofoti chidashimizga arziydigan ulkan najot, muvaffaqiyat bo'ladi.
Qur'anic Gems dan erkin tarjima qilindi. Muallif Ustoz No'mon Alihon.