Avn ibn Abdulloh odamlarga nasihat qilib der edilar: "Bizdan ko'ra pok bo'lgan zotlar, albatta, Allohdan qo'rqadilar. Biz esa, bizga ega bo'lmagan kishilardan qo'rqamiz. Pok bo'lgan zotlar Allohdan qo'rqqanida, gunohkor qanday qilib xotirjam bo'ladi?! Pok zotlar ilmi, fazilati tufayli Allohdan qo'rqadi, gunohkor esa, aqli kamligidan xotirjam yuradi".