Oisha, Abu Sa’id va Ibn Abbos raziyallohu anhum: «G'orda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga bulgan kishi Abu Bakr erdilar», — deydilar. (Ya’ni, yuqoridagi oyatda nazarda tutilgan, mushriklardan qochib g’orga berkinib olgan ikki zot Janob Rasululloh birlan Abu Bakr asSiddiq erdilar).
Baro raziyallohu anhurivoyat qiladilar: «Abu Bakr raziyallohu anhu (otam) Ozibdan un uch dirhamga egar sotib oldilar. Shunda Abu Bakr asSiddiq (otam) Ozibga: «(Ug’lingiz) Baroga buyuringiz, egarni uyimgacha kutarishib borsin!» — dedilar. (Otam) Ozib: «Yuq, toki Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan siz ikkalangiz Makkadan (qochib) chiqqaningizda va mushriklar ikkingizni qidirishganda ne qilganingizni aytib bermas erkansiz, (ug’limga bunday deb buyurmayman)», — dedilar. Shundan sung, Abu Bakr asSiddiq bunday deb rivoyat qildilar: «Biz (Janob Rasululloh va men) ikkalamiz Makkadan chiqib, tun buyi va ertasiga soya tik turadirgan vaqtgacha (ya’ni, Quyesh qoq tepamizga kelguncha) yo’l yurdik. Sung, men dam olmog’imiz uchun biror soya joy bormikan, deb atrofga nazar tashlab erdim, nariroqsa bir katta tosh (yeki qoya) kurindi. Uning oldiga borib qarasam, ostida bir parcha soya bor erkan. Keyin, men ushal soya tushib turgan yerni tekisladimda, Janob Rasululloh yetib orrm olsinlar, deb (pustak) tushab quydim. Sung, men ul zotga: «Yo Rasulalloh, keling, yonboshlang!» — dedim, ul zot yenboshladilar. Keyin, men nariroq borib, biror kishini uchratarmikanman, degan maqsadda atrofimni kuzata boshladim. Bir mahal qarasam, bir chupon biz soya joy qidirganimiz kabi salqin yer axtarib boyagi katta tosh tomon quylarini haydab kelayetir. Men undan: «Ey yigit, sen kimning chuponisan?» — deb suradim: U: «Quraysh qabilasiga mansub falonchining chuponiman» — deb uning ismini aytdi, men uni tanidim. Men unga: «Qo’ylaring ichida suti bor sovlig’ing bormi?» — dedim. U: «Ha, bor», — dedi. Men: «Bizga bir oz sut sog’ib ber^maysanmi?» — dedim. U: «Mayli», — dedi. Men: «Unday bulsa, sog’ib ber!» — dedim. U qo’ylaridan birini upshadi. Sung, men unga quyning yelinini changu g’ubordan tozalamoqni buyurdim, keyin o’zining kaftlarini ham tozalamoqni amr qildim. Shunda u kaftlarini birbiriga urib: «Mana shunday qilibmi?» — dedi. So’ng, u menga (bir chelakka) quyuq (yog’li) sut sog’ib berdi. Men Janob Rasululloh uchun og’ziga latta tiqin tiqilgan bir idish tayerlab quygan erdim, sutni ushanga quydimda, sovisin deb unga suv qushdim. Sung, uni Janob Rasulullohga olib bordim, qarasam hanuz uxlab yetgan erkanlar, uyg’onishlarini poylamoqqa qaror qildim. Uyg’ontanlaridan keyin: «Yo Rasulalloh, ichingiz!» — dedim, ul zot ichib erdilar, kup mamnun buldim. Keyin: «Yo Rasulalloh, yulga tushish vaqti bo’lmadimi?» — dedim. Ul zot: «Ha, (vaqt) buldi» — dedilar. Sung, biz yulga tushdik, bizni qidirabtganlardan birortasi ham bizga yetib ololmadi, faqat Suroqa ibn Molik ibn Ja’sam otida yetib keldi. Men: «Yo Rasulalloh, ta’qibchilardan biri bizga yetib oldi», — dedim. Ul zot: «Ғam chekmangiz, Olloh taolo biz birlan!» — dedilar».
Abu Bakr raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Mets g’orda ekanligimda (ya’ni, Janob Rasululloh birlan birga mushriklardan qochib, g’orga berkinib olganimizda) Janob Rasulullohga: «Agar ulardan (ya’ni, bizni qidirib kelgan mushriklardan) birortasi oyeqlari ostiga nazar tashlaganda, bizni (ya’ni, izimizni) kurib qolgan bulur erdi», — dedim. Shunda ul zot: «Ey Abu Bakr, siz nima deb uylayetirsiz, bu yerda tanho ikkimiz bormiz, deb xabl qildingizmi, uchinchimiz Olloh taolodur!» — dedilar».