Nizomiy bilan bogliq biri bolganim uchun tanishlar ham Nizomiy bilan bogliq insonlar.
Ularni suhbatlarini eshitib dahshatga tushadi odam
-Bu yil 5 ming dollar bolibdi.
-O'rniga palonchi kiradi-da...
-Tunov kuni 2 domlani snb ushlab ketibdi...
Dod degim keldi, Musulmonmizmi, yo'qmi?
Qaynotam: "Alhamdulillah 3 bolamni tomog'idan zarra qadar harom luqma o'tmadi", deganlarida unchalik e'tibor bermagan ekanman, yuqoridagi suhbatlarni eshitib, ichimdan yomon ezildim...
Harom, harom, harom....
Siz bilan biz shunday fikrlaymiz Zamira opa. Lekin aksariyatchi? O'sha aksariyat ko'p narsani hal qilyapti. Bor gap shu - ko'pchilik abituriyentlarning o'zlari ham, ularning ota-onasi yoki boshqa mas'ul qarindoshlari ham o'qishga faqat pora, shaprgalka, "parovoz" va boshqa usullar bilangina kirsa bo'ladi, degan fikrda. Bu faqatgina fikr emas, aqidaga aylanib ulgurgan. Qanchalik inkor etmaylik, bugungi kun haqiqati shu.
Harom-halol degan lug'at Sizda, menda, yana ancha-muncha kishilarda bor. Lekin yana qaytaraman, o'sha aksariyat halol-harom degan "lug'at"ni ishlatmay qo'yganiga ancha bo'lgan. Musulmonchik-mi? Marhamat, yo'q emas, bor. Faqat masjidning ichida, uyning ichida. Ko'chaga chiqqach, hamma epini topib yashasin. Mana shunaqa. Odamlar zarracha xijolat bo'lmay gapirishadi bu haqida. O'qish imtihonlari boshlanishidan 3-4 oy oldin ota-onalar Toshkentga serqatnov bo'lib qoladi. Tanishlar topiladi. "Kattalar" yo'qlanadi. Xullas buyog'i yana o'sha salbiy ma'nodagi "o'zbekchilik"....
Alloh hammamizga insof bersin.
Unda harom yo'llar bilan bolasini o'qishga kiritayotgan ertaga turli xil balolar kelganda yig'lab-siqtamasin: "ne umidlar bilan o'qitgandim"-bolam nimaga yomon yo'lga kirib ketdi, nimaga xayrsiz avlod bo'ldi, nimaga bunday dardga chalindi, nimaga topganini barakasi yo'q, nimaga, nimaga...demasin, asl sababini o'z qilmishidan qidirsin...
Ha keyin, aksar ota-onalar bolasini nima qilib bo'lsa ham o'qishga kiritishga harakat qilayotgan ekan, hech bo'lmasa bu saytga a'zo, oz bo'lsa-da harom, halolni ajrata oladiganlar qarshi tursin bunga-yo'q desin, dada, aya, men bunday yo'l bilan emas, o'z kuchim bilan kirishga harakat qilaman, birovni haqqini yemayman, Alloh qaytargan yo'ldan yurmayman, desin. O'zi bo'lmasa ham, yaqinlarini qaytarsin bu'yo'ldan. 1-2 der ekanmiz, bu tur ishlarga qarshi bo'lganlarni safi ko'payadi inshalloh. Men bunga ishonaman va duolarimiz ham bu yo'lda...