Assalomu alaykum!
So'nggi marta o'qiganim Abdulla Qahhorning hikoyalari bo'ldi.
Fikrlarim: muallifning dastlabki hikoyalari asosan tarixiy mavzuda bo'lib ("Dahshat", "O'g'ri", "Bemor", "Anor"), badiiy jihatdan yuksak yozilgan va ko'tarilgan mavzusi ham dolzarb.
Urushdan avvalgi va keyingi hikoyalarida esa o'sha davr ruhi sezilib turadi. Ya'ni sotsializm bilan bog'liq maishiy muammolar, o'sha davrning holatini ochib beruvchi mavzular o'quvchini biroz zeriktiradi. Tan olib aytish kerak, Abdulla Qahhorning bu davrda yozilgan hikoyalari dastlabki hikoyalaridek chiqmagan.