O’n to‘qqizinchi haq ulki, agar musulmon odam aksirsa aytg‘aykim, «Alhamdulilloh ala kulli hol» degil va eshitguvchi «Yarhamaka rabbuka» («Robbim senga rahm qilsin») degay. Yana aksa kelturguvchi «Ag‘firallohi va lakum» degay. Va agar aksa keltirguvchi «Alhamdulilloh» demasa, javob lozim emas. Rasul alayhissalom aksirsalar, ovozlarini past qilib, muborak yuzlarini qo‘l bilan to‘sib aksirur edilar.
Va agar kishi qazoyi hojat vaqtida aksa keltursa, «alhamdulilloq»ni ko‘nglida aytg‘ay. Ibrohim Naxa’iy aytur, agar tilida aytsa ham zarari yo‘qdur.
Ka’bul-Ahbordan rivoyat qilibdurlar, Muso alayhissalom aytdi: «Yo rab, yaqinmusan, sani ohista yod qilaymu yo yiroqmusanki, baland ovoz birla yod qilaymu?»
Haq taolo aytdi: «Har kishi mani yod qilsa, ani birla hamnishindurman», Muso alayhissalom aytdi: «Ey, bor Xudoyo. men turli joylarda, turli ahvollarda bo‘lurman. chunonchi, qazoyi hojat va junubat (g‘usl qilishga lozim bo‘lgan hol), bu nav’ holatlarda ulug‘ ismingni yod qilmokdan uyalarmen». Xaq taolo aytdi: «Har holda bo‘lsang ham mani yod qilg‘il».
Yigirmanchi haq ulki, musulmonlar kasal bo‘lsalar, borib ko‘rgaysan. Agarchi oshno va do‘st bo‘lmasa ham. Hazrati Rasul alayhissalom aytibdurlar: «Kishi kasal ko‘rgali borsa, jannatning o‘rtasida anga makon qilurlar. Vaqtiki, bemorni ko‘rib qaytishida yetmishta farishtani anga vakil qilurlar. To kecha bo‘lg‘uncha anga mag‘firat tilarlar».
Kasal ko‘rmakda sunnat uldurki, kasalning qo‘lini yo peshonasini tutib, so‘rag‘aykim, nechuksiz?» Andin keyin bu duoni o‘qig‘ay:
«A’uzuka billohil-ahadis-samadil-laziy lam yalid va lam yulad va lam yakunlahu kufuvan ahadun, min sharri mo ta’jid».
Hazrati Usmon roziyallohu anxu aytur: «Kasal bo‘ldim, onhazrat s.a.v. iyodatg‘a (ko‘rgani) keldilar. Bu duoni necha marotaba o‘qidilar. Shuningdek bemorning o‘zi ham bu duoni o‘qimog‘i sunnatdur. «A’uzu bi-izzatil-lohi va qudratihi min sharri mo-a’jid».