Assalomu alaykum!
Yoshligimda qariyalar bilan ko’p muomala qilganim uchunmi, juda ko’p ezgu odatlarni xotirlayman. Ularning ba’zilarini hozir ham ko’rib qolaman, ba’zilarini esa armon bilan eslayman. Zamonaviy dunyoda texnologiyalarning rivojlanib ketishi odamlarni dangasa qilib qo’yyapti, degan fikrga qo’shilaman. Buning oqibatida esa, ba’zi ezgu odatlarimiz ham xotiralarda qolib ketmoqda. O’zim tug’ilib o’sgan Marg’ilon shahri misolida shulardan esimga tushganlarini zikr etsam:
1. "œVaqti saxar"
Ramazon oyida saxarlik payti mahallalarda ovozi baland kishilar "œVaqti saxar" deya saxarlikka uyg’otishardi. Odatda bundan munodiylar velosiped minib olib, mahallaning u boshidan bu boshiga qadar baland ovozda "œVaqti saxar. Uyg’oninglar" deb chiqishardi. Bu odat hozirda Marg’ilonning ba’zi mahallalarida saqlanib qolgan.
2. "œFalonchi akamnikiga to’ygaa!"
To’y marosimlarida ham xuddi shu munodiylar bomdod namozi o’qilmasidan ilgari "œHey falonchi, Falonchi akamnikiga to’yga!" deb har bitta xonadonga uzoqdan ovoz berib chaqirishadi. Bu odat ham hozirda eski mahallalarimizda saqlanib qolgan.
3. Ventilyator-odam
Yoz kunlarida masjid xonalarida kishilar katta yelpig’ich olib, xona o’rtasida turib, namozxonlarni yelpib turishardi. Shu odatni anchadan beri ko’rmadim. Vaholanki o’sha paytlarda ham ventilyator, konditsioner bo’lardi, lekin savobtalab musulmonlar bu xususda ham ilg’or edilar.