ZiyoUz Mehmonxonasi arxivi  ( 357046 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 ... 97 B


Ziyo  27 Iyul 2007, 01:19:09

 Saturday 01/01/2005 10:34:37pm
Ismi sharifingiz:    Otabek Yo'ldoshev
Mamlakat/shahringiz:    Janubiy Korea, Seul
E-mailingiz:    [email protected]
Web sahifangiz:    
Fikr-mulohazalaringiz:    Ushbu sahifa orqali barcha yurtdoshlarimni yangi- 2005 yil bilan chin yurakdan tabriklayman. 2005 yil - qut-baraka, muvaffaqiyatlar va ijobiy ma'noda esda qolarli yil bo'lsin.
Olloh har biringizni o'z panohida saqlasin, aziz yurtodoshlar!!!

Davronbek: Assalomu alaykum Otabek! Bildirgan tilaklaringiz o`zingizga ham yor bo`lsin! Safarda bo`lganligim bois yuborgan maqolalaringizni joylay olmadim. Xudo hohlasa bugun-erta joylab qo`yaman. Horijdagi yurtdoshlarimizga salomlarimizni yetkazing. Omon bo`ling.

Qayd etilgan


Ziyo  27 Iyul 2007, 01:19:18

 Sunday 01/02/2005 10:06:35pm
Ismi sharifingiz:    abdulla
Mamlakat/shahringiz:    toshkent
E-mailingiz:    [email protected]
Web sahifangiz:    http://nozik
Fikr-mulohazalaringiz:    Omon bulinglar

Davronbek: Davronbek: Siz ham omon bo`ling!

Qayd etilgan


Ziyo  27 Iyul 2007, 01:20:07

 Monday 01/03/2005 9:19:05am
Ismi sharifingiz:    Jo'rayev Alisher
Mamlakat/shahringiz:    O'zbekiston, Termiz shahri
E-mailingiz:    [email protected]
Web sahifangiz:    
Fikr-mulohazalaringiz:    Salom menga bu sayt juda yoqdi chunki islom sahifasi juda yoqdi hurmat ila Alisher.

Davronbek: Waalaykum assalom. Sizga ham bildirgan mulohazalaringiz uchun rahmat aytamiz. Bizga savol yoxud takliflaringiz bo`lsa bemalol yo`llayvering.

Qayd etilgan


Ziyo  27 Iyul 2007, 01:20:18

 Monday 01/03/2005 2:58:45pm
Ismi sharifingiz:    Feruza
Mamlakat/shahringiz:    Navoiy
E-mailingiz:    [email protected]
Web sahifangiz:    
Fikr-mulohazalaringiz:    Saytga tashrif buyurganlarga kattakon salom! o'tgan yangi yillar bilan. Bu sayt menga judayam yoqdi. Yozib turinglar.

Davronbek: Sizga ham katta salom! Bildirgan fikr-mulohazalaringiz uchun tashakkur. Bizga qanday takliflaringiz bor?

Qayd etilgan


Ziyo  27 Iyul 2007, 01:20:30

 Tuesday 01/04/2005 8:14:50am
Ismi sharifingiz:    Rustam Samandarov
Mamlakat/shahringiz:    O'zbekiston, Tashkent
E-mailingiz:    [email protected]
Web sahifangiz:    
Fikr-mulohazalaringiz:    Men, nomoz vaqtlari haqida savolim bor, chunki o'qishni boshlaganimga xali 1 yil ham bo'lmadi.
"Taqvim"da Tong, tush, asr, shom va xufton nomozlari vaqtlari berilgan. Ammo azon vaqlariga ayrimlari to'g'ri kelmayapti.
Bomdod nomozi taqvimda 6:15larda deyilgan azon esa 30-45 min keyin aytiladi. Bomdod nomozi azondan keyin darxol ado qilinsa bo'laveradimi.
Kitobarda asr soya 2 marto katta bo'lganda deyilgan(taxminan 2:30), ammo nomoz vaqti hozi 3:05 larda bo'ladi(azon, kitob).
Shom nomozi xufton(azoni)gacha deyilgan ayrimadabiyotlarda, ammo shafoq oldinroq yo'qoladi.

Davronbek: Assalomu alaykum Rustamjon!
Savolingizga imkoniyat qadar javob berishga harakat qilaman. E'tibor bergan bo`lsangiz taqvimlarda Tong, Quyosh, Tush, Asr, Shom, Xufton, Qibla degan yozuvlarga ko`zingiz tushgan bo`lishi kerak. Men ularni izohlashga harakat qilaman:
1. Tong. Bu subhi sodiqning kirishi ya'ni shu paytda bomdodga azon aytilishi boshlanadi. Azondan keyin 40 minutlardan so`ng, quyosh chiqmasidan oldin, bomdod namozini o`qib olish kerak. Iloji boricha, shu quyosh chiqmasdan oldin g`ira-shira paytda o`qib olinsa yaxshi bo`ladi. Taqvimda tong vaqti ko`rsatilgandan boshlab, azon chaqirish mumkin.
2. Quyosh. Bu quyosh chiqishi vaqtidir. Shu ko`rsatilgan vaqtgacha Bomdod namozini o`qib olish kerak. Bundan keyin bomdodning vaqti chiqadi. Agar uxlab qolsangiz, quyosh chiqqandan keyin ham sunnati bilan birga o`qib olishingiz m umkin. Lekin o`z vaqtida o`qilgani a'loroq.
3. Tush. Bunda quyosh rosa tikkaga keladi. Bu vaqtdan 40-50 minut o`tkazib, peshin namozini o`qib olsa bo`ladi. Peshin namoziga azon chaqirilishi bilan sunnat o`qish bo`shlanadi. 4 rakaat sunnatdan so`ng takbir aytilib, farzni o`qiladi, keyin esa 2 rakaat sunnat o`qiladi.
4. Asr. Taqvimda belgilangan vaqtda asr namozini o`qish mumkin. Bunda namozga azon aytilgandan so`ng, 10 minutcha kutiladi va farzga takbir aytiladi.
5. Shom. Bunda quyosh botib, osmonda qizillik paydo bo`ladi. Bu odatda asrdan 2 soat keyinga to`g`ri keladi. Shom namozining vaqti qisqaligi bois uni o`z vaqtida, tezda o`qib olish kerak. Shuning uchun ham azondan keyin, kutmasdan farzga takbir aytiladi.
6. Xufton. Quyosh tamoman botib, qorong`ulik tushganda kiradi, ulamolar shom bilan xuftonni orasini 45-60 minut deyishadi. O`sha taqvimda ko`rsatilgan vaqtda o`qib olsa bo`ladi. Bunda ham azon aytilgandan so`ng, 10 minutcha kutilib, farzga takbir aytiladi. Xufton namozining vaqti subhi sodiqgacha deyiladi. Ungacha o`qib olinsa bo`ladi.
7. Qibla. Taqvimda ko`rsatilgan soatda quyoshga qaralsa o`sha tomon qibla bo`ladi.

Qayd etilgan


Ziyo  27 Iyul 2007, 01:20:39

 Tuesday 01/04/2005 10:24:30am
Ismi sharifingiz:    Tojimatov Beruniy
Mamlakat/shahringiz:    Uzbekiston
E-mailingiz:    beruniy_1988mail.ru
Web sahifangiz:    http://bulakbashi10.connect.uz
Fikr-mulohazalaringiz:    Men "Mehmonlar kitobiga "a'zo bo'layotganimdan juda hursandman. Bu kitobdan menga iqtisodiyot fanidan ma'lumotlar kerak iltimos yordam bersangiz. Beruniy

Davronbek: Sizga iqtisoddan qanday ma'lumotlar kerak? Saytimizdagi Iqtisod bo`limiga kirsangiz, ma'lumotlar bor, ulardan foydalanishingiz mumkin.

Qayd etilgan


Ziyo  27 Iyul 2007, 01:20:48

 Friday 01/07/2005 8:21:25pm
Ismi sharifingiz:    Ravshabek Husanov
Mamlakat/shahringiz:    Uzbekistan
E-mailingiz:    [email protected]
Web sahifangiz:    http://www.ujc.uz
Fikr-mulohazalaringiz:    Men vaqt topdim deguncha internetdagi "ziyo. uz"ga kirib turaman. Ajoyib, agarda hammasi haqiqatga yaqin narsalar bo`lsa. (Bu deganim ma'lumotlarni qanchalik to`g`ri ekanligi haqida, uni boshqa manbadan olayotganda tekshirish ishlari degandek.) Baribir ajoyib.
Menda yana bir fikr bor, agarda, biror yapon tilidagi ma'lumotni o`zbekchaga o`girsam, uni yoritish qanday bo`lar ekan?
shlaringizga rivoj tilab Ravshanbek.

Davronbek: Ziyo-uzga boshqa joylardan ma'lumot olganimizda albatta uning manbasi tekshiriladi, tasdiqlangan xabarlar olinadi, ishonch hosil qilingandan so`ng esa saytga joylanadi.
Juda yaxshi taklif! Tarjimalaringizni bemalol jo`natavering. Xudo hohlasa joylaymiz. Zo`r ish bo`lardi. Hozirda do`stlarim, ingliz, arab, turk, koreys tillarigan tarjima qilganlaini jo`natishyapti, ularni joylayapman. Endi yaponcha ham qo`shilsa nur ustiga a'lo nur bo`lardi.

Qayd etilgan


Ziyo  27 Iyul 2007, 01:21:22

 Saturday 01/08/2005 3:38:36pm
Ismi sharifingiz:    Ixtiyor Ismatov
Mamlakat/shahringiz:    Janubiy Koreya
E-mailingiz:    [email protected]
Web sahifangiz:    
Fikr-mulohazalaringiz:    Umrizdan baraka toping. ihtiyor korea

Davronbek: Siz ham salomat bo`ling.

Qayd etilgan


Ziyo  27 Iyul 2007, 01:21:46

 Saturday 01/08/2005 6:55:19pm
Ismi sharifingiz:    Afzal Muxtarxadjaev
Mamlakat/shahringiz:    Uzbekistan
E-mailingiz:    [email protected]
Web sahifangiz:    
Fikr-mulohazalaringiz:    Assalomu alaykum, Davron.
Men hozir sizni saytingizga kirib ancha hursand bo'ldim. Man sizdan Navruz radiosi orqali ramazon oyida bo'lgan ma'ruza muallifi Xayrulla Hamidov to'g'risida so'ramoqchi edim. Iltimos, agar iloji bo'lsa Xayrulla Hamidov to'g'risida bilganlaringizni e-mail imga yozib yuborsangiz yoki ularni e-mail larini bilsangiz menga yuboring . Men u kishini davatlarini eshitib judayam ta'sirlandim. Siz ham Xayrulla Hamidov to'g'risida shaxsiy fikrlaringizni yuboring. Iloji borich tezroq..... salom va ihtirom ila Afzal.

Davronbek: Wa alaykum assalom Afzalxon! Bu yilgi ramazon oyida Navruz radiosi orqali uzatilgan Xayrulla Hamidov muallifligidagi "Xolislik sari" turkum eshittirishlar ko`pchillikning nazariga tushdi. Hozirda ushbu eshittirishlarning CD va audiokassetalari sotuvga chiqdi. Xayrulkla Hamidov haqida biolganlarim: Sport kanalida ishlaydilar, Interfutbol gazetasida ishlaydilar. Xayrulla Hamidovni yaqindan tanimasamda hurmat qilaman. Ularni e-maillarini bilmayman. Lekin sizga Interfutbol gazetasini e-mailini beraman: o`sha yerga yozsangiz Xayrulla Hamidovni topa olasiz. E-mail: [email protected]

Qayd etilgan


Ziyo  27 Iyul 2007, 01:22:12

 Sunday 01/09/2005 6:09:44pm
Ismi sharifingiz:    ZOKIR
Mamlakat/shahringiz:    UZBEKISTON
E-mailingiz:    
Web sahifangiz:    
Fikr-mulohazalaringiz:    ASSALOMU-ALAYKUM BIRODARLAR!

Davronbek: Wa alaykum assalom!

Qayd etilgan