Aziz yurtdoshlar,forumdoshlar!
Ushbu mavzuda farg'onaliklar va ularning urf-odatlari bilan va boshqa o'zingizni qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishingiz mumkin. O'ylaymizki, farg'onalar javob berishadi.
Birinchi savolni o'zim bersam. Hozir ayni to'y mavsumlari boshlanish arafasida... Farg'onada to'y bilan bog'liq qanday urf-odatlar bor? Shular haqida o'rtoqlashsangiz.
Farg'onadan sovchilar kelishyapti , hoynahoy....
Bizda esa, kelin tomon rozi bo'lgandan keyin kuyov tomondan kelinnikiga 8TA QO'Y, guruch, un,pul ,va boshqa mayda -chuyda narsalar jo'natiladi. To'ydan bir kun oldin qiz uyida do'stlariga o'tirish qilib beradi, ya'ni kichik to'y. Ertasiga TO'Y:Nahorgi osh beriladi, kuyov DO'STLARI BILAN kelinning uyiga boradi. kelin tomon ularni mehmon qilishadi, mehmondorchilik tugab, tashqariga chiqishganda OYOQ KIYIMLARI YO'QOLIB qoladi, ya'ni kelinni ukalari, yangalari yashirib qo'yadi. Kuyov, do'stlari pul bergandan keyin oyoq kiyimlarini qaytarib beradilar. So'ng tashqarida kuyovni ota-onasiga kelin tomon sarpolar kiydirishadi. Kuyov do'stlari bilan uyga qaytib ZAGSga tayyaorgarlik ko'radi, zagsdan qaytibkelishib bazm qilishadi, bazm 9, ba'zan 11, 12 gacha davom etadi.12dan kegin chimildiq, 7 qavat to'shakkka kelinni kuyovning do'stlari otishadi, yani oborib qo'yishadi. keyin kuyov kirib 3KUNGACHA chiqmaydi. Shuning uchun 3kunlik deyiladi. 3kunda kuyov shoh bo'ladi, 3 kundan keyin to'rva haltani ko'tarib gado bo'ladi(xazil).
3 kundan keyin ertalab kelin ko'cha supuradi, ko'chaga kuyovning uyidagilar ataylab xazon, "musor" tashlab qo'yishadi, odat shunaqa. kelin qanchalik yaxshi supurishini bilish uchun.manimcha shu.
A, kuyov o'rtoqlarini rosa mehmon qiladi, TAOMLAR KELIN tomondan keladi, kuyovga sarpo shu yerda kiydiriladi.