Ajoyib tush!...
Mehribon va Rahimli Alloh
Nomi bilan etayin ogoh!
Salom yorim, o’g’il va qizim
Panohida asrasin Alloh"¦
Biling, U zot bizni yaratib!
Yana zamin uzra taratib,
E’tiborsiz tashlab qo’ymadi,
Xitob qildi bizga qaratib,
Yer-u ko’kning yaralmog’ida,
Tun-u, kunning almashmog’ida,
Oqil uchun alomatlar bor,
Ko’rur fikr qilg’on chog’ida.
Demak, qarang dunyoga bir dam
Qanday go’zal Yaratgan Egam.
Shunday go’zal olamlar aro,
Odam zotin qildi mukarram"¦
Mahluqlarin tanitib bir-bir,
Dedi: "œBuning egasi birdir"!
Ungagina ibodat qiling!
Saodatning kaliti shuldir.
Bul barchasi odamzot uchun
Odam esa, ibodat uchun
Yaralgani ayon azizlar,
Shoshing, demak ibodat uchun!
Bunga dalil erur zoriyot,
Bunda demish Robbul mahluqot
"œYaratdim jin insonni faqat"
"œQilsin uchun menga ibodat"!!!
Nasihatimki azizlarim,
O’qib-o’qib olib so’zlarim,
Muslim yashab o’ting dunyodan,
Do’st, yorim, o’g’il, qizlarim"¦
Biling, Undan kelsa hidoyat,
Kim ergashib etsa itoat,
Adashmagay, baxtsiz bo’lmagay
Tark etmagay uni saodat!
Kim zikridan o’girsa yuzin,
Halokatga otibdi o’zin.
Turmush tarzi tang-u, tor bo’lur
O’z vaqtida ochmasa ko’zin.
U zot uni xor-u zor qilib,
Tiriltirur ko’zin ko’r qilib,
Degay, "œRobbim ko’rar edim-ku?"
"œTiriltirding nega ko’r qilib?"
Deydi shunda, "œUnutding o’zing"
"œOyatlarim mensimay ko’zing"
"œSen ham shunday unutilursan"
"œMalomat qil, o’zing-o’zing"!!!
Bas, azizlar najotni o’ylang!
Zoye bo’lmay hayotni o’ylang!
Tazarru’ga tavbaga shoshing!
Haq yo’lida sabotni o’ylang!
Aytib beray bir ajib qissa,
Amal qiling chiqarib hissa,
Shoyat sizni Allohim o’zi,
Suygan taqvo ahlidan qilsa!
Bizdan ancha o’tgan zamonda,
Islomobod degan tomonda,
Bir shayx aytib bergan tushlari,
Doston bo’ldi turli zamonda
Dedi: ajiib tush ko’rdim bu tun,
Titrab ketdi vujudim butun,
Ibrat uchun aytib berayin,
Bu tun ajit tun bo’ldi butun.
Emishmanki, yaydoq sahroda,
O’xshashi yo’q shundoq mavoda,
Na dov daraxt, na qultum suv bor?!
Holim ko’ring qandor aftoda"¦
Paydo bo’lib qoldi nogoh sher,
Ey Xudoyim o’zing panoh ber,
Deya, qochdim quvladi u ham
Yurak sho’rlik tamom ey Voh der!...
Qiziq, tushmi o’ngmi bu yo,
Tor ko’rinib ketdi keng dunyo,
Quvlayverdi qochganim sari,
Quvlashmachoq o’ynadik go’yo"¦
Nogoh quduq ko’rindi ko’zga,
Tushmoq zarur chora yo’q o’zga,
Arqoniga osilib tushsam,
Daxshat, tilim aylanmas so’zga!...
Ajdar yotar quduq qarida,
O’lja kutar zulmat qasrida,
Qochmoq bo’lib yuqori boqsam,
Sher ham turar g’azab qahrida.
Tepada sher, quyida ajdar
Ikkisi bir o’ljani poylar,
Men arqonga osilgan kuyim
O’tiribman tik bo’lib sochlar.
Tinchlantirmoq bo’lib o’zimni,
Asta yumib oldim ko’zimni,
Qorin ham och ey Parvardigor
"œO’zing yetkaz rizq-u ro’zimni".
Viz-viz ovoz kelib bir mahal
Oromimga berdiku halal,
Ko’zim ochsam kavak ichiga
Asalari yig’ibdi asal.
Undan yalay boshladim kam-kam,
Unut bo’ldi ajdar ham, sher ham.
Inson zoti o’zi shunday-da,
Unut bo’ldi tashvish ham, g’am ham.
Bilmam, qancha o’tdi shu alfoz
Qitr-qitr eshitdim ovoz.
Qarasam ohbu yana nesi?!
Yana chiqdi ne kulfat peshvoz"¦
Yetmaganday ajdar va arslon,
Endi bir oq, bir qora sichqon.
Arqon tolalarin birma-bir,
Qirtishmoqda galma-gal chaqqon"¦
Inna lillah deya uyg’onib,
Qo’rquv daxshat ila to’lg’onib,
Turib ibodatga yuzlandim.
Parvardigorimga bog’lanib.
So’rashdilar ey valilulloh,
Panohida asrasin Alloh.
Bu tushingiz ta’biri nadir?
Bizlarni ham etingiz ogoh!
Dedi: "œgo’yo bu zarbulmasal",
Sher bu taqdir, ajdaho ajal.
Dunyo esa misoli quduq,
Maishatu ishrati asal.
Qora sichqon ta’biri bu tun,
Arqon umr, oq sichqon bu kun.
Demak, sichqon kabi kemirar
Umrimizdan bir kunu, bir tun.
Alqissa, shu ey azizlarim,
Ibrat bo’lsin aytgan so’zlarim.
G’animatdir har bir onimiz,
Xayr endi qaro ko’zlarim!...
H.Hamidov