Assalom aleykum.
Ushbu mavzu Koreys kino ijodkorlari tomonidan suratga olinib bir necha tillar avval o'zbekchaga tarjimaqilingan va o'zbek kino ihlosmandlari e'tiboriga havolla etilgan Saroy Javohiri serialliga bag'ishlanadi.
Saroy Javohiri serialli nafaqat o'zbekistonda balki dunyoning yana 42ta davlatlari tele ekranlarida namoyish qilingan.Va ko'pchillikning olqishiga sazovor bo'lgan.Serialda Koreya tarixi, uning urf odatlariga katta urg'u berilgan. Ushbu serialni haqiqiy Javohir seriallar turkumiga bemalol kiritsak bo'ladi. Chunki Saroy Javohirida samimiylik, sofdillik, to'g'ri so'zlik inson hayotini munosib yashab o'tishida qanchalar muhim ekanligi ko'rsatilgan.Va shu bilan bir qatorda serialni ko'rish jarayonida siz pazandachilik, tibbiyot, tarix bo'yicha ham katta ma'lumotlarga ega bo'lib borishingiz mumkin.
Bu mavzuda ushbu serialni ko'rgan forumdoshlarimizning serial haqidagi fikr mulohazalari, ma'lumotlarini yozishlarini kutib qolaman.
p/s: Saroy Javohirini hali ko'rib ulgurmaganlarda hozirda O'zbekiston telekanalida uni boshidan ko'rish imkoniyati bor.Ko'rmaganlarga tavsiya qilaman.