Bugungi kun mulohazalari  ( 1485601 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 100 101 102 103 104 105 106 107 108 109 110 ... 296 B


G_u_l_i  22 Oktyabr 2010, 05:24:27

:as:
Bir narsaga hayronman Yevropa musulmonlashuv jaroyoniga kirishganda, ayrim ''o'zbeklar" esa evropalashuvga otlanishgan. :-[

Bunga evropalashuv deb emas, bu O'zbeklashuv  deb ta`rif berishadi, bizni evropalashuvga majbur qilayotganlar.  :4

Qayd etilgan


Ansora  22 Oktyabr 2010, 16:09:54

Ona-mingga kirsa ham kasal bo'lsa ham ona ekan...

O'g'lim bilan marketga u bu olgani borgandik. Boshda aravachasida tinchgina turdi lekin qaytishda injiqlik qildi, bir qo'limda Abdulaziz Ensarni ko'tarib, bir qo'limda esa aravachani sura boshladim. Yo'lda bizdan 20 metrcha oldinda bir onaxonni ko'rdim, qo'lidagi sumkachasini sirtiga tashlab olgan, egilib yurardi. Birdan horib betonga o'tirdi. Men tezroq borib, qo'lidan sumkasini olay, aravaga solaman, hech bo'lmasa ozgina yordam berarman, deb o'ylab, tezlashdim. Yaqinlashib: "Xolajon charchadingizmi", dedim. "Ha bolam, dedi, qarichilik". Birdan ko'zi Ensarga tushdi, horg'inligi ham esidan chiqib, bolani quchog'iga oldi. Nursiz ko'zi bilan bolamga qarab uni suya boshladi. Mashalloh, Subhanalloh, qizmi:) Yo'q, dedim o'g'il:)
Mehr va duo bilan o'pdilar. Xola, dedim sumkangizni bering, aravaga qo'yay, ozgina yengillik bo'lsin. Yo'q bolam, sen aravangni menga ber, sen bolangni belidan ushla, birdan o'zini otmasin, Xudo saqlasin...

Xola 72 yoshda ekanlar...Yo'llarimiz ayriladigan joygacha aravachani olib kelib, ehtiyot bo'lib o'tinglar yo'ldan deb takror takror uqtirdilar...

G'alati bo'lib ketdim, ko'zlarim to'ldi...

Qayd etilgan


Gabriela  22 Oktyabr 2010, 16:43:05

xiyonat... xiyonat qilish shunchalik oson ekanligini bugun angladim...

Naqadar tanish so'zlar...
nahotki...
bugun do'st qanchali kerak ekanini angladim

Qayd etilgan


BelleQizcha  23 Oktyabr 2010, 03:33:00

Bugun tong bedorlik bilan boshlandi tun ham bedorlik bilan boshlanadi!

3 yildan beri shu axvol...
tinchlumu?

Qayd etilgan


Gabriela  23 Oktyabr 2010, 18:01:41

yigit bola sal gapga xafa bo'lmasligi kerak.

Qayd etilgan


yoqutxon  23 Oktyabr 2010, 22:35:52

Ona-mingga kirsa ham kasal bo'lsa ham ona ekan...

O'g'lim bilan marketga u bu olgani borgandik. Boshda aravachasida tinchgina turdi lekin qaytishda injiqlik qildi, bir qo'limda Abdulaziz Ensarni ko'tarib, bir qo'limda esa aravachani sura boshladim. Yo'lda bizdan 20 metrcha oldinda bir onaxonni ko'rdim, qo'lidagi sumkachasini sirtiga tashlab olgan, egilib yurardi. Birdan horib betonga o'tirdi. Men tezroq borib, qo'lidan sumkasini olay, aravaga solaman, hech bo'lmasa ozgina yordam berarman, deb o'ylab, tezlashdim. Yaqinlashib: "Xolajon charchadingizmi", dedim. "Ha bolam, dedi, qarichilik". Birdan ko'zi Ensarga tushdi, horg'inligi ham esidan chiqib, bolani quchog'iga oldi. Nursiz ko'zi bilan bolamga qarab uni suya boshladi. Mashalloh, Subhanalloh, qizmi:) Yo'q, dedim o'g'il:)
Mehr va duo bilan o'pdilar. Xola, dedim sumkangizni bering, aravaga qo'yay, ozgina yengillik bo'lsin. Yo'q bolam, sen aravangni menga ber, sen bolangni belidan ushla, birdan o'zini otmasin, Xudo saqlasin...

Xola 72 yoshda ekanlar...Yo'llarimiz ayriladigan joygacha aravachani olib kelib, ehtiyot bo'lib o'tinglar yo'ldan deb takror takror uqtirdilar...

G'alati bo'lib ketdim, ko'zlarim to'ldi...
Assalom aleykum Kapalak opa. Siz bilan bo'lgan mana shu voqeani o'qib,mavzu qoidalaridan biroz chetlashadigan bo'lsam ham o'z fikrimni bildirmay keta olmadim.Ming bora haq gap aytibsiz ota-ona farzandi nechiga kirsa ham huddi bir parcha go'shtlik paytida jigar go'shasini qanday asrab avaylagan , uni qanchalar asragan bo'lsa shundayligicha qolaverarkan.
Ollohga shukur bobomning dadalari , Kottadodamlar 90 yoshdan oshib qolganlar. Bobom 60 yoshdalar. Bir necha oy oldin bobomla betob bo'lib yotib qoldilar. Ertasi kuni hammamiz bobomlarnikiga bordik. O'shanda Kottadodamlani ko'rsangiz edi. Bobomga  " nechi marta aytganman, o'zinga qara bola deb, nega aytganni  qimisan-a?'' "og'rimay qoldimi?" deb girdi kapalaklar. Bazida og'riq qattiqroq bezovta qilib mazzalari qochganda Kottabobomni ko'zlari yoshga to'lib ketardi, bobomni boshida o'tirib qarab o'tiridilar...................... O'sha kunni shu ahvolni ko'rib, bobomga shifo tilab rosa yig'laganman.........Ollohga shukur hammasi o'tib ketdi, hozir sog'lilari yahshi. Lekin o'sha patdagi Kottadodamlani ko'zlaridagi farzandi uchun bo'lgan bezovtalik. otalarcha  mehribonchiliklari hech qachon ko'z oldimdan ketmaydi.........

Qayd etilgan


G_u_l_i  24 Oktyabr 2010, 07:13:19

 :as:
Kecha universitetimizda Tohir Malik b-n uchrashuv uyushtirildi.
Ancha og`riqli mavzularni oldinga surdilar. Shulardan biri qamoqxonada tug`ilgan bolalar taqdiri....

Qayd etilgan


AL_laziz87  24 Oktyabr 2010, 10:21:54

Ish xonada xar xil insonlar bilan suxbat qilishimga to'g'ri keladi. Kecha ish xonaga bir kishi keldi suxbat davomida uning teli jiringlab qoldi ozgina salom alikdan so'ng tel qilgandi so'kib ketdi. (Pul topishing kerak pulsiz meni oldimga kelma qanaqa qilib pul topish seni ishing......). Telni qo'ygach gap boshladi O'g'ilim Rassiyaga ishlagani ketgandi sovuq qor yog'yapti qurilishda ishlash qiyin bo'lyapti uyga qayitsam maylimi deb tel qilibdi shunga pul bilan kelsang kelovir bo'lmasa kelma deb so'kdim..

Kimdur o'g'il dog'ida kuysa kimdur pul ishqida yonmoqda...
Kimdur ota mexriga zor kimdur otasidan bezor. Bu dunyo ishlari alomat

Qayd etilgan


Gabriela  24 Oktyabr 2010, 12:04:09

armon qanchalar yomon ekanligini angladim

Qayd etilgan


BelleQizcha  26 Oktyabr 2010, 02:49:32

titan, kimligini etsez bizam tabriklardu

Qayd etilgan