Hurmatli ustozimiz Toxir Malik bir kitoblarida ushbu masalni keltirgandilar.
Masal:
Bir odam ayiq bilan do'stlashib,uni uyiga boshlab keldi. Bu mehmonning tashrifidan norozi bo'lgan xotini : " Fu, shu sassiq bilan oshno tutindingizmi?",deb aftini bujmaytirdi. Buni eshitib ranjigan ayiq boltani olib,do'stiga uzatdi-da,iltijo qildi :
- Shu bolta bilan peshonamga bir ur !
Ayiq iltimosini qaytaravergach,do'st uning peshonasiga bolta urdi. Jonivor og'riq azobidan o'kirib,o'rmonga qarab yugurdi. Oradan haftalar o'tgach,u yana do'stiga ro'para kelib,dediki:
- Qara, boltaning izi bitib ketdi,lekin xotining tilidan uchgan so'z yaralagan yuragimga davo topolmayapman..."
Hazrat Navoiy aytgan ekanlar: " Kimki ko'ngilni qattiq so'z bilan jarohatlar ekan,unga achchiq til zaharli nayzadek sanchiladi. Ko'ngilda til nayzasining jarohati bitmas,u jarohatga hech narsa malhamlik qilmas. Agar bir ko'ngilda til nayzasining jarohati bordir,faqat yaxshi so'z va shirin til unga malham va rohatdir. Muloyim so'z-vahshiylarni ulfatga aylantiradi. Sehrgar-ohang bilan afsun o'qib,ilonni inidan chiqaradi... So'zda har qanday yaxshilikning imkoni bor. Shuning uchun aytadilarki, "nafasning joni bor""
Har kimki chuchuk so'z elga izhor aylar,
Har nechaki ag'yor durur yor aylar.
So'z qattig'i el ko'ngliga ozor aylar
Yumshog'i ko'ngillarni giriftor aylar.
Rasululloh (s.a.v.) bir hadisi shariflarida shunday deganlar:
"Kichiklarni yaxshi ko'rib,mehr -shafqat bilan bag'riga bosmagan,kattalarni,ulug'larni hurmat qilishda qusurga yo'l qo'ygan bizdan emasdir"
Atigi 15 taga bormaydi postingiz,lekin qalblarga "muxr"ingizni bosib böldingiz
biz yoshlar mayli,ustozlarimizni hurmat qilishingizni iltimos qilardim. Toshni so'raganlari maqtovni hush ko'rishga kirmiydi...
"Yomon so'zning misoli esa yerdan (ildizi) uzilib qolgan,bir joyda (o'rnashib) qo'nib topmaydigan nopok daraxtga o'xshar" ( " Ibrohim" sura,26)
" Mening bandalarimga ayt, (o'zaro so'zlashganda) yaxshi so'zlarni so'zlasinlar. Albatta,shayton ularning orasiga dushmanlik solib turadi"( "Isro", 53)
Miqdom ibn Ma'diykarib roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
" Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
" Qachon bir kishi birodariga muhabbat qilsa,unga o'zining muhabbati xabarini bersin"
Abu Dovud, Termiziy.Ahmad va Hokim rivoyat qilgan.
Bir odamni fazilatlik tarafini omma oldida etib,odamlarni o'rnak,ibrat olishiga sabab bo'lish yomonmi?
Yaxshi tarafini izlang,yaxshilik topasiz...