Buyruq gaplar
Buyruq gaplar buyurishni yoki iltimosni ifodalaydi. Iltimos yoki buyruq bevosita II shaxsga qaratilgan bo‘ladi. «Let» so‘zi orqali esa III shaxsga qaratilgan bo‘ladi. Buyruq gaplar boshida fe’l turadi. Ega esa bunday gaplarda bo‘lmaydi. Birlikda ham, ko‘plikda ham buyruqni fe’l o‘zagi ifodalaydi.
Misol: Tell Ben—Benga ayt.
Send Ben pens.—Benga ruchkalar jo‘nating.
Buyruq gaplar pasayuvchi ohanglar bilan talaffuz qilinadi.
Misol: Send Ted. ['send ted]
Send him. [send him]
Ingliz tilidagi so‘zlarda bo‘g‘in ajratish qoidalari
1. Agar so‘zda ikki unli harf o‘rtasida bitta undosh harf bo‘lsa, bo‘g‘in chizig‘i ana shu undosh oldidan o‘tadi.
Misol: na/me, ti/me, ki/te, e/ve, ba/by.
2. So‘zda ikki unli harf o‘rtasida ikkita undosh harf bo‘lsa, bo‘g‘in chizig‘i shu undoshlar o‘rtasidan o‘tadi.
Misol: pen/ny, in/tend/ doc/tor/ let/ter.
Eslatma: Agar ikki unli harf o‘rtasidagi ikki undosh harf quyidagilar kabi bo‘lsa, u holda bo‘g‘in chizig‘i shu ikki undosh oldidan o‘tadi. «bl», «dl», «tl», «gl», «cl», «br», «pr», «dr», «tr», «th» va boshqalar.
Misol: a/ble, i/dle, li/brary, A/pril, ba/the.
3. So‘zda ikki unli harf o‘rtasida uchta undosh harf kelsa, yuqoridagi qoidalarni hisobga olgan holda bo‘g‘in chizig‘i o‘tkaziladi.
Misol: lit/tle, mid/dle.
4. So‘z o‘rtasida kelayotgan unli harflar digraf bo‘lmasa, bo‘g‘in chizig‘i shu unlilar o‘rtasidan o‘tadi. «Digraf» so‘zi haqida keyinroq to‘xtalamiz.
Masalan: pi/a/no, cu/ri/ous.