Mehribon va Rahmli Olloh nomi bilan boshlayman.
Rasuli Akram sallollohu alayhi vasallam marhamat qiladilar :
Insonlarga hos hislat tufayli Jabroil alayhissalom Odam farzandi bo'lishni orzu qilgan.
Ul yetti hislat quyidagilardir:
1. Jamoat bilan besh vaqt namoz o'qish.
2. Olimlar majlisida blish.
3. Bemorni ziyorat qilish.
4. Janozada hozir bo'lish, janoza namozini o'qish va mayyitni dafn etish.
5. Suv ichirish.
6. Ikki kishini yarashtirish.
7. Qo'shni va yetimni hurmatlash.
Siz ham ushbu amallarni bajarishga g'ayrat qiling.