Mana shu mavzuni ko'rib qoldim, forum arxivining eng tagrog'idan. Zo'r mavzu ekan-u...!
Hullas forumdoshlar, kim shaxmat o'ynamoqchi? Talabgorlar bo'lsa marhamat! Yurishlarni shu mavzuga yozib boramiz (har bitta yurish bir post). Imkoniyatga qarab, bir kunda bitta yurish bo'lsa ham mayli. Kirolmagan kunlaringiz yurish qilmasangizlar ham kutib turaveramiz. Bizning ham kirolmaydigan kunlarimiz bo'lishi mumkin.
O'yin mavzu nomlanishiga ko'ra forumlar aro emas, forumimiz ichida bo'ladi. Yana o'yinni barcha forum a'zolari kuzatib borishlari uchun imkoniyat ham bo'ladi (Tarafkashlik qilishlari ham mumkin
). Qani, kim boshlab beradi?
Talabgorlar bo'lsa marhamat!