AbdulAziz ismi "Hamisha g'olib, sharafli, ulug' Allohning quli" degan ma'noni ifodalaydi.
Bu ism arabcha bo'lib, quyidagi so'zlardan tashkil topgan:
Abd - qul ma'nosida keladi.
al-Aziz - Alloh taoloning sifati bo'lib, ulug', g'olib, sharafli ma'nolarini anglatadi.
Aziz so'zi alohida quyidagi ma'nolarni anglatarkan:
1. Hamisha g'olib, bo'ysunmas, yengilmas.
2. Kamyob, nodir, topilmas.
3. Makarram, sharafli.
4. Misr podsholarining laqabi. Misr azizi (Yusuf alayhissalomning laqabi).