-Bek aka, bir iltimos bor edi. Shunchaki maslahat desa ham bo'laveradi. Shu oblastda bir qaynim borlar. Kuni kecha shu qaynim kelib "go'sht kombinatnimi, kolbasa kombinatnimi olib bersangiz", deb erkalik qilib qoldi.
-Axir siz kimsan SSSR Oliy sovetining deputatisizx. Menimcha, bunaqa ishlarga o'zingizni ham tishingiz o'tadi.
-Siz turganda bizga yo'l bo'lsin, Bek aka. O'zingiz bir qo'llab yubormasangiz bo'lmaydi.
-Rostan qayningizmi?
-Ha, rost. "Rodnoy" qaynim.
-Xotiningizni ukasi-ya?
-Ha, xotinimni tug'ishgan ukasi.
-Ja baland dorga osilyaptiku buningiz. Mayli, o'ylab ko'ramiz.
("Shaytanat")