5-bob. Tuya suti bilan davolanish xususida
Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: "(Urayna qabilasiga mansub) bir guruh odamlar betob erdi. Ular: "Ey, Rasulalloh, bizga shahar (Madina) havosi hush kelmadi, boshqa boshpana berib, ham taom birla ta'minlasangiz!" - deb iltimos qilishdi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ularni Harra degan yerga joylashtirib, ixtiyorlariga bir qancha tuyalarni ham berib qo'ydilar-da, "Bularning sutidan ichib turinglar!" - dedilar. Ular, kasallari arib, darmonga kirganlaridan so'ng, Janobi Rasulullohning tuyaboqarlarini o'ldirib, tuyalarni haydab ketishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ularning ortidan odam yubordilar, tutib kelishgach, qo'l-oyoqlarini kesib, ko'zlariga mil tortishdi, so'ng oftobga tashlab qo'yishdi, (og'riqdan) tosh g'ajib yotishdi".
Sallom aytadirlar: "Menga aytishlariga qaraganda, Hajjoj Janob Rasulullohning hayotlari davomida jinoyatchilarga qarshi qo'llagan eng qattiq choralari haqida so'zlab berishni Anasdan iltimos qilganida u mazkur voqeani rivoyat qilgan erkan. Bu gap Hasan (al-Basriy)ga yetganida "Ushbu hadisni unga aytmagani yaxshi erdi," - debdilar".