Savol:
Oilani boshqarishni xohlaysizlarmi yoki oilada boshqarilishnimi?
(savolni biroz tahrir qildim)
Eski maqollarimizga binoan ramziy ma'noda oiladagi erkakni boshga, ayolni esa böyinga qiyoslashgan. Endi masalaning muhim bir jihatiga e'tibor bersak: boshliqlik bilan boshqaruvchilik boshqa-boshqa vazifalar ekanligi körinmoqda. Bosh öz nomi bilan "Bosh" bölgani bilan, lekin u böyin yordamida qayriladi! Biroq bu bilan ayolni mutlaq boshqaruv deb xulosa qilmay, balki u odatda uyda ötirib nima bor-yöq, nimani vaqti keldi yo erta kabi hisoblarni höjayinga bildirib turuvchi shaxs, deyish mumkin. Mazkur "bildirib turish" vazifasini barcha ayollar öz fe'lidan kelib chiqib amalga oshiradi: biri yalinadi, biri oddiy aytadi, biri yig'lab bersa, biri baqirib beradi!!!