forum.ziyouz.com
Ilm va ziyo => Intellekt => Mavzu boshlandi: Murod_bek 03 Aprel 2007, 20:31:22
-
Assalomu Alaykum!
Ko'pchilik jumboqli savollarga qiziqsa kerak.Shu hayol birla ushbu bo'limni ochdik...
Allohdan rivoj so'raymiz!
Birinchisi o'zim boshlab bersam misol tariqasida!Ushbu jumboqni yechimini ko'pchilik bilsa kerak...:
Bir kishi shoshilib barga kiribdi.Barmendan bir stakan suv so'rabdi.Barmen unga to'pponcha o'qtalibdi.Shunda haligi inson "rahmat" deb barni tark etibdi. Voqeani izohlab bering!
-
Suv so'ragan odam niqobda bo'lsa kerak.Yana bilmadim....
-
Yo'q.U odam o'gri emas.Oddiy odam bo'lgan.
-
Yana ozgina harakat qilib ko'ring.Masala yechimi juda oddiy!
-
Javobni oz'im aytib qo'ya qolay:
Suv so'ragan odamni hiqichoq tutgan ekan :)
-
:D :D :D)))))
-
Juda oddiysi:
Uchta tuya cho'lni o'rtasida ketma ket ketayotgan ekan.Biri ikkinchisiga qarab:
- Ortimdan 2 ta tuya kelmoqda! - debdi.Ikkinchisi:
- Ortimdan 1 ta tuya klmoqda! - debdi.Uchinchisi:
- Ortimdan uchta tuya kelmoqda! - debdi.
Uchinchisi nega unday degan?
-
Tuyala gapirmidikuuuuuuuuuuuuuuuuuu
-
Juda oddiysi:
Uchta tuya cho'lni o'rtasida ketma ket ketayotgan ekan.Biri ikkinchisiga qarab:
- Ortimdan 2 ta tuya kelmoqda! - debdi.Ikkinchisi:
- Ortimdan 1 ta tuya klmoqda! - debdi.Uchinchisi:
- Ortimdan uchta tuya kelmoqda! - debdi.
Uchinchisi nega unday degan?
Assalamu alaykum.
Uchinchisini ortidan ayni shu uch tuyani soyasi kelyotgani uchun bo'lsa kerak...
Vallohi a'lam.
-
Waalaykum Assalom
Ming bor afsus...Javoblar noto'g'ri.Lekin masala yechimi juda oddiy...Yana ozgina yana harakat qilib ko'ringlar?Please...
Alloh ilmimizni ziyoda qilsin!(amin)
-
Javobini aytib qo'ysam qizig'i qolmaydi..Ozgina harakat qilinglar, iltimos!
Lekin javob istehzoli,bu yechim odamning fikriga kelmaydi ham ko'pincha...shahsan men topa olmagandim. :)
-
forum.islom.uzda yana bitta qiziqarli savolni ko'rib qoldim!Juda qiziqarli:
Polkovnikning otasini o'g'li, Polkovnikning o'g'lini otasi bilan gaplashmoqda!
Savol:Kim kim bilan gaplashmoqda?
P.Sforum.islom.uzda hali javobi topilmabdi!!! ;D

Juda ham boshni qotiradigan savol ekan.
Javob berishga harakat qilaman...
Demak ,meni tahminim:
Savolni ikkinchi qismi, yani PALKOVNIKNI O'G'LINI OTASI, degan gapga qaraganda, palkovnik ayol kishi bo'lishi kerak.
Palkovnikni o'g'lini otasi palkovnikni eri, palkovnikni otasini o'g'li, palkovnikni ukasi yoki akasi.
Demak palkovnikni eri bilan uni akasi yo ukasi gaplashmoqda, ya'ni kuyov qayinog'asi bilan.

Javobingiz to'g'ri ekan...Alloh ilmingizni ziyoda aylasin!
-
Juda oddiysi:
Uchta tuya cho'lni o'rtasida ketma ket ketayotgan ekan.Biri ikkinchisiga qarab:
- Ortimdan 2 ta tuya kelmoqda! - debdi.Ikkinchisi:
- Ortimdan 1 ta tuya klmoqda! - debdi.Uchinchisi:
- Ortimdan uchta tuya kelmoqda! - debdi.
Uchinchisi nega unday degan?
Assalomu alaykum!
Manimcha tuyala halqa bulib aylanvotgan busala kere.
Yo'q.Javoblar noto'g'ri.
To'g'ri javob...juda g'alati va ozgina kulgili :)
-
Assalomu Alaykum!
Nozlihon!Javobingiz noto'g'ri...Afsus... :(
Tog'ri javobni olishni istasangiz mening hisobimga 50 yaxshi bahoni mixlab qo'ying!(Xazil) ;D
Ozgina harakat qiling!
Men ham javobini topa olmaganman.Bilgach"vaaay" deb yuborganman ;D
Assalomu Alaykum!
-
Polkovnikning otasini o'g'li, Polkovnikning o'g'lini otasi bilan gaplashmoqda! Savol:Kim kim bilan gaplashmoqda?
Javob: Polkovnik o'zi bilan o'zi gaplashmoqda.
Uchta tuya cho'lni o'rtasida ketma ket ketayotgan ekan.Biri ikkinchisiga qarab:
- Ortimdan 2 ta tuya kelmoqda! - debdi.Ikkinchisi:
- Ortimdan 1 ta tuya klmoqda! - debdi.Uchinchisi:
- Ortimdan uchta tuya kelmoqda! - debdi.
Uchinchisi nega unday degan?
Javob: Cho'lda bir tuyaga ikta odam minib olgan va orqaga mingan odam teskarimacha o'tirib olgan bo'lgan, shunichun orqasiga qarasa iktasi kevatgani ko'ringan! iyahaha
-
Afsuski baribir javoblar noto'g'ri...
Tak...to'g'ri javob: uchinchi tuya hazilkash ekan!!! ;D
-
assalomu alaykum Nozli,
archa yoki terak darahtiga qo'nishadi desama :) yomg'irdan keyin hamma daraxtlar ho'l bo'ladi. hullas ho'l daraxtga qo'nishadi
-
ikki askarlardan biri shimolga, boshqasi esa janubga qarab navbatchilik tutishvotgan ekan. askarlardan biri jilmaygan ekan, ikkinchisi nimaga jilmayapsan deb so'rabdi.
savol: ikkinchi askar birinchi askarning jilmayganini qanday qilib anglabdi?
-
Yomgir yogib utgandan keyin qushla birinchi qaysi daraxtga qunishadi?
Javob: qushchala ho'l darahga qo'nishipti.
ikki askarlardan biri shimolga, boshqasi esa janubga qarab navbatchilik tutishvotgan ekan. askarlardan biri jilmaygan ekan, ikkinchisi nimaga jilmayapsan deb so'rabdi.
savol: ikkinchi askar birinchi askarning jilmayganini qanday qilib anglabdi?
Javob: Ular bir-biriga qarab turishganakan.
-
Serial topishmoq:
1. Quyon blan Jirafa tez yugirish o'ynashipti, qaysibiri yutipti? Va nima uchun?
2. Ikta bir hil haladilnik, bittasini ichida Quyon, ikkinchisida Jirafa bor. Qaysi birida quyon bor? Buni qanday aniqlash mumkin?
3. O'rmondagi hamma hayvonlar maktabga o'qishga ketishipti, lekin qaysi hayvonlar qopketipti? Va nima uchun?
4. Man ketvatganakanman yo'lda oldimdan daryo chiqip qopti, etga Tumsoh bor, deb yozilganakan, daryoning naryo betiga qanaqa o'timman? (Kichik daryo Kema sig'maydigan)

1. Quyon yutadi chunki uning veligi bor!
2.Velikdan.Quyon veligini holodilnikka tirab qo'ygan!
-
to'g'ri Nozli bir birlariga qarab turishgan bo'ladi.
-
1. Quyon yutadi chunki uning veligi bor!
2.Velikdan.Quyon veligini holodilnikka tirab qo'ygan!
1. va 2. to'g'ri javob bo'ldi,
endi 3. va 4. ni topinglar....
-
yo'q topomayapsila
-
Assalomu alaykum.
3.Quyon bilan Jirafa qolib ketadi muzlatgichda bo'lishgani uchun..
4.Menimcha sakrab yoki aylanib o'tilsa kerak..
-
3.Quyon bilan Jirafa qolib ketadi muzlatgichda bo'lishgani uchun..
Mana shu to'ri javob, endi 4. ni topila...
-
Mana anq jovob shuniyam bilmisilami? EEEEE U 3- Tuya hazillashgan-ku
Mana endi man silaga sovol beraman:
Odamla nega yuradi????
-
4. Man ketvatganakanman yo'lda oldimdan daryo chiqip qopti, etga Tumsoh bor, deb yozilganakan, daryoning naryo betiga qanaqa o'timman? (Kichik daryo Kema sig'maydigan)
-
2ta ota 2ta bola 3ta apelsinni bittadan yeyishdi.
shuni qanaqip yeshishganini izohlab bering!

Ota ,o`gil va nevara uch kishi bittadan egan manimcha
-
ofarin!! javobiz to'g'ri
-
Ikki bilimdon kishi suhbatlashmoqda:
-do'stim, menga 1ta "Amir Temur haykali"ni ber,-dedi ulardan biri.
ikkinchisi:
-unda sen menga 2ta "Sherdor madrasasi" bilan 1ta "xalqlar do'stligi maydoni" ber
-yaxshisi men senga 10ta "Registon" beraman.
gap nima haqida ketyapti? javobizni to'liq izohlang!!
-
Pullar haqidamasmi?
Dollar va so'm...
-
1ta "Amir Temur haykali" - 500 so'mlik,
2ta "Sherdor madrasasi" bilan 1ta "Mustaqillik maydoni" - 2ta 200 so'm va 1ta 100 so'mlik, (e'tiroz: savoldagi hatolik: 100 so'mlikda Xalqlar do'stligi maydoni aks etgan.)
10ta "Registon" - 10ta 50 so'mlik.

javob to'g'ri!!
PS: xatolik uchun uzr so'rayman! to'g'rilab qo'ydim ))
-
Ularni kecha tabriklagan bo'lsangiz hali erta bo'lgan, bugun tabriklasangiz kech. Ular qachon tug'ilgan?

Bir haftadan buyon o'yladim rosa: U 29-fevralda tug'ilgan bo'sa kerak, tabriklanayotgan yilda esa 29-sana yo'q bo'lgan yilga to'g'ri kelib qolgan.
-
Boshqa savollar bormi?
-
Qiziqarli savollar:
1. Qishin-yozin ko'k rangda?
-
2. Quloq bitta bo'lsa nima bo'ladi?
-
3. Ishsiz qolmaslik uchun nima qilish kerak?
-
4. Oyoq kiyimning yo'qolmagan bir poyini nima qilish kerak?
-
5. Taqa qachon baxt keltiradi?
-
1.Archa
3. Ish topish kerak
4. 2-poyini ham yo`qotish kerak
5. QAchonki taqa sizda bo`lsa.
Bilganimcha javob yozdim.
-
1.Archa
3. Ish topish kerak
4. 2-poyini ham yo`qotish kerak
5. QAchonki taqa sizda bo`lsa.
Bilganimcha javob yozdim.
Javoblar ajoyib, Yana-da g'ariyib javoblarni boshqa userlarimizdan ham kutamiz.
-
1. Windows XPdagi osmon.
2. Yonlamacha turgan bo'ladi.
3. Qilayotgan ishini rosa cho'zish kerak.
4. Darahtga osip qo'yish kerak.
5. Xechqachon. (Barcha narsa Allohdan!)

Qiziq javoblar!
Yanayam qiziqarlilari bormi?
-
1. Qishin-yozin ko'k rangda?sharikli ruchka
2. Quloq bitta bo'lsa nima bo'ladi?Kam gap eshitadi, oqibatda g'iybat kamayadi
3. Ishsiz qolmaslik uchun nima qilish kerak?ishsiz qolmaslik uchun,ishlash kerak
4. Oyoq kiyimning yo'qolmagan bir poyini nima qilish kerak?estalik uchun olib qo'yish kerak
5. Taqa qachon baxt keltiradi?o'ta ishonuvchi kishining qo'liga tushsa
-
Qiziqarli savollar:
1. Qishin-yozin ko'k rangda?
Dollar
-
7 ta sham yonib turibdi, 2 tasini qo'lingiz bilan o'chirdingiz, nechta sham qoladi?
-
Biz yaxshi tanigan bu 2 inson tug'ilmasdan vafot etishgan. Ular kimlar?

5ta yongan sham, 2ta o'chgan sham, hammasi 7ta sham! ;)

Javob to'g'ri
-
Assalomu alaykum hammaga!
Man ham savol beraman.
6 oyog', 2 bosh,1 dum,2 qo'li,4qulog' .
topilarchi bu nima?
-
Assalomu alaykum hammaga!
Man ham savol beraman.
6 oyog', 2 bosh,1 dum,2 qo'li,4qulog' .
topilarchi bu nima?
Ot minib ketayotgan odam.
-
To'g'ri!
-
Assalomu Alaykum!
Ko'pchilik jumboqli savollarga qiziqsa kerak.Shu hayol birla ushbu bo'limni ochdik...
Allohdan rivoj so'raymiz!
Birinchisi o'zim boshlab bersam misol tariqasida!Ushbu jumboqni yechimini ko'pchilik bilsa kerak...:
Bir kishi shoshilib barga kiribdi.Barmendan bir stakan suv so'rabdi.Barmen unga to'pponcha o'qtalibdi.Shunda haligi inson "rahmat" deb barni tark etibdi. Voqeani izohlab bering!
Qo`rqqanidan chanqogini unutib qo`ygandir
-
u kishi hiqichoq tutib qolgan
-
5. Taqa qachon baxt keltiradi?
oltindan yasalgan bo'lsa
-
5. Taqa qachon baxt keltiradi?
Uning baxt keltirishiga chin dildan ishonilsa. Vallohu a'lam
-
5. Taqa qachon baxt keltiradi?
Hech qachon.
-
forum.islom.uzda yana bitta qiziqarli savolni ko'rib qoldim!Juda qiziqarli:
Polkovnikning otasini o'g'li, Polkovnikning o'g'lini otasi bilan gaplashmoqda!
Savol:Kim kim bilan gaplashmoqda?
P.Sforum.islom.uzda hali javobi topilmabdi!!! ;D
Salom forumdoshlar
javob manimcha o'zi bilan o'zi bo'lsa kerak
-
Biz yaxshi tanigan bu 2 inson tug'ilmasdan vafot etishgan. Ular kimlar?
Odam Ato va Momo Havo
-
Qiziqarli savollar:
1. Qishin-yozin ko'k rangda?
Militsiya xodimlari, ya'ni MENT lar
-
Qiziqarli savollar:
1. Qishin-yozin ko'k rangda?
Militsiya xodimlari, ya'ni MENT lar
Dollar.
Archa.
-
Biz yaxshi tanigan bu 2 inson tug'ilmasdan vafot etishgan. Ular kimlar?
Odam Ato va Momo Havo
To'g'ri
-
Gulchehra Jamilova, "Quruvchi" Futbol klubi, 40 soni, fasllardan biri va Rossiya estrada guruhi. Bularni qaysi so'z birlashtirib turibdi?
-
bitta savol esimga tushdi:
Bu yil qish juda sovuq keldi. Shuning uchun bu yil qovun tarvuz, pomidor bodring bo'ladimi?

qovun tarvuz bo'lomidi, pomidor esa bodiring bo'lomidi ;D
-
SAVOL
- DENGIZ TAGIDA QANDAY TOSH BO'LMAYDI?-
-
SAVOL
- DENGIZ TAGIDA QANDAY TOSH BO'LMAYDI?-
Хул тош булмайди
-
SAVOL
- DENGIZ TAGIDA QANDAY TOSH BO'LMAYDI?-
Quruq tosh bo'lmaydi.
ikbaljohn ayni teskarisini aytibdilar
-
Gulchehra Jamilova, "Quruvchi" Futbol klubi, 40 soni, fasllardan biri va Rossiya estrada guruhi. Bularni qaysi so'z birlashtirib turibdi?
Qaldirg'och emasmi mabodo?

Yo'q, bu bir modda bilan ham bog'liq.
-
Gulchehra Jamilova, "Quruvchi" Futbol klubi, 40 soni, fasllardan biri va Rossiya estrada guruhi. Bularni qaysi so'z birlashtirib turibdi?
kumush

To'g'ri.
Izoh: Gulchehra Jamilova Kumush rolida o'ynagan, "Quruvchi" Kumush medal olgan, Mendeleyev Davriy Jadvalida Kumush moddasi 40 raqamda joylashgan, "Kumush qish" deyiladi va "Rossiyada "Serebro" guruhi bor.
-
Bular Qadimgi Bobilda 6 ta, Misrda 10 ta, Mayyalarda 5 ta, bizda esa 7 ta bo'lsa, ko'pchilikka yoqadigan oxirgisini toping.

Бизда 7 та...Байрам кунларими?
-
ёки ҳафта кунлари...охиргиси Якшанба :)))
-
ёки ҳафта кунлари...охиргиси Якшанба :)))
To'g'ri
1950-1955 yillarda Buyuk Britaniya bosh vaziri bo'lgan Uinston Cherchil nomiga taniqli dramaturg Bernard Shou nomidan o'zining yangi spektakliga taklifnoma bordi. Taklifnomalar 2 ta bo'lib, Shou "Do'stingiz bilan premyeraga keling, agar bo'lsa" deb xat yozib yubordi. Shunda Cherchil javob qaytardi: "Hozir vaqtim yo'q. Spektaklga bora olmayman. Lekin keyingi premyeraga albatta boraman, agar......."
Nuqtalar o'rnini to'ldiring.

Lekin keyingi premyeraga albatta boraman, agar bilet qolgan bo'lsa...
-
ёки ҳафта кунлари...охиргиси Якшанба :)))
To'g'ri
1950-1955 yillarda Buyuk Britaniya bosh vaziri bo'lgan Uinston Cherchil nomiga taniqli dramaturg Bernard Shou nomidan o'zining yangi spektakliga taklifnoma bordi. Taklifnomalar 2 ta bo'lib, Shou "Do'stingiz bilan premyeraga keling, agar bo'lsa" deb xat yozib yubordi. Shunda Cherchil javob qaytardi: "Hozir vaqtim yo'q. Spektaklga bora olmayman. Lekin keyingi premyeraga albatta boraman, agar......."
Nuqtalar o'rnini to'ldiring.
Lekin keyingi premyeraga albatta boraman, agar yana pyesangiz bo'lsa. (Ya'ni yana premera bo'lsa)
Izoh: Uinston Cherchil ancha kibrli inson bo'lib, yaqin do'stlari bo'lmagan. Bernard Shou esa uning ustidan kulish uchun shu gaplarni yozgan. Cherchill ham gapga usta bo'lib, unga ajoyib javob qaytargan. Shouning pyesalari soni kam bo'lgani uchun shunday javob qaytargan.

1821 yili Taleyranga bu haqida aytishganida, "Bu endi e'tiborga molik voqea emas, shunchaki bir xabar" deb, nimani nazarda tutgan edi?
-
Musannif Adhamga:
Sizning savollaringizni Ziyo-Uz BukToPuHaCu mavzusiga ko'chirib qo'ydim. Iltimos, shunga o'xshash savollaringizni aynan o'sha mavzuga joylasangiz. Oldindan rahmat!

Унда манимча ушбу мавзуни счиринг, ёки изоҳ ёзиб қулфлаб қсйсангиз ҳам бслади.

Bu maqsadga muvofiq emas. Sababi Viktorinaga mos kelmaydigan ba'zi savollarni aynan mana shu yerga joylashtiriladi. Shuning uchun ochiq tura qolsin.
-
Sizga ham rahmat. Maslahatingizga amal qilishga harakat qilaman.
-
Ularni kecha tabriklagan bo'lsangiz hali erta bo'lgan, bugun tabriklasangiz kech. Ular qachon tug'ilgan?
Bir haftadan buyon o'yladim rosa: U 29-fevralda tug'ilgan bo'sa kerak, tabriklanayotgan yilda esa 29-sana yo'q bo'lgan yilga to'g'ri kelib qolgan.
To`g`ri
-
Savol quyidagi manzilga ko'chirildi:
http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=209.msg165023#msg165023
-
:as: italiyada nikohga borganlarida qiz o'z guvohnomasini ko'rsatishi shart bo'lib,agar bunday guvohnoma bo'lmasa nikohdan o'tkazilmaydi? sababini biladiganlar bormi ?
-
Савол: Кучук качон ит булади ?
-
bu yerda bir nechta savollar javobsiz qolibdi. iltimos javobsiz qolgan savollarni javobini muallifni o'zi yozib qo'ysin... barbir bilgimiz keladide... ::)