Assalomu alaykum! Kapalak opa sizga o`zim javobini anchadan beri topa olmayotgan savollarni bermoqchiman:
1. Turklar va kurdlar nima sababdan to`xtovsiz janjallashadilar (Bu qanday voqea va qaysi asr yoki yilga borib taqaladi)?
2. Turkiyada terrorchilik harakatlari tez tez amalga oshiriladi. Bunga sababchi bo`ladigan guruhlarning turkcha nomlari?
Javoblaringiz uchun oldindan Rahmat!
Valaykum assalom Nazokatxon.
İlgari ham bu savolga javoblar bergandim, bu mavzuni boshlarida, vaqtingiz bo'lsa qarab chiqarsiz.
Buni sizga oddiy misol bilan aytadigan bo'lsam, masalan O'zbekistonda ham juda ko'p Millat yashaydi. Faraz qiling (Alloh saqlasin) tashqaridan kelgan qo'poruvchi kuchlarga hadeb bir Millat vakillaridan iborat bazi shaxislar yordam beraversa, siz ham bir kuni kelib, "Shu Millat shunaqa" deb umumiy holda gapirmaysizmi?
Turkiyada ham juda ko'p millat yashaydi. Tashqaridan dastak berilgan terroristik guruhlarga afsus Kurd millatiga mansub kishilar juda ko'p yordam bergan. Bu bilan bu millatni hammasi shunday demqochimasman. Zotan Turkiyada ham hamma Kurdlarga terrorist muomalasi qilinmaydi. Oddiy misol: İbrohim Totlises ham Kurd va Arab millatiga mansub ashulachi. Hech taqiqlandimi? Aslo!
2 chi savolingizga kelsam, asosan PKK terrorist guruhi amalga oshiradi bu isharni. Ularni esa Amerika dastaklaydi! Bu Kurdlarni partiyasi(yani terroristlarini)
Masalan kecha ertalab 10.38 da İstambulda bir kishi intihor etdi. Maqsadi Turk Polislarini o'lqidirsh ekan, minibusga kira olmay tashqarida portlagani uchun faqat o'zi parchalangan, 35 kishi esa jarohatlangan:( Hali bu ishni kim amalga oshirgani haqida ma'lumot yo'q. Aniq bo'lsin, yozaman inshalloh.
Yana orada El-Kaide bir narsalar qilib turadi. Turkiya strategik joyda bo'lgani uchun ham bu tur voqealar tez-tez takrorlanadi afsus.
Alloh yomonlarga imkon bermasin inshalloh...