Assalomu alaykum, dindoshlar, dildoshlar.
Ramazoni Sharifning muborak so'nggi iftorlaridan biri hayrli bo'lsin barchangizga.
Men ham 5. juzimni tugatdim, ozgina oldin. Ayajonim men olgan har 3 juzni yana bir boradan o'qib, biz uchun duo qildilar. Bu xatm haqda aytganimda ko'zlariga yosh oldilar. Aya, tajvidini yaxshilab o'rganishim kerak, qorilar bilan birga o'qiyabman, desam: "Qizim, Quro'ni Karimga qarashi o'zi ham katta gap" dedilar...
Rostdan ham shunday emasmi, Allohning (Jonim qurbon bo'lsin Rabbimga) kalomi va Payg'ambarimiz (S.A.V) ni muborak og'izlari bilan birma bir, ne qiyinchiliklar bilan aytib turib yozdirgan oyatlar-ku bular...
Rabbim barchangizdan rozi bo'lsin, mana yana bir Ramazonni orqada qoldirish arafasidamiz. Alloh barchamizga sog'lik omonlik, kasallarimizga shifo, qarzdorlarimizga yengillik, uylanmaganlarga yaxshi turmush o'rtog'i, qizlarimizga ham Allohdan qo'rqib, bandasidan uyaladigan kuyovlar ato etsin, omin.
Butun Ziyouz ahlini Alloh har iki jahon saodati bilan mukofotlasin, saytni umri uzun bo'lib, shunday hayrli ishlarga to'lib boraversin, omin.
O'qigan Quronimiz bizdan duo kutgan barcha yaqinlarimizga, rahmatlilarimizga bo'lsin iloyim.
Alloh farzandlarimizga ham hofizi Quron bo'lishni nasib aylasin. Quronnio'qib, unga amal qilgan qullaridan aylasin, omin.
30 -juzni Registon olgan edilar, inshalloh kichkintoy mehmon ham nasiblarini olsin bu xatmdan.
Barchangizni Alloh uchun yaxshi ko'raman, Rabbim birbirimizga bo'lgan muhabbatimizni ortirsin. Saytimizni har turli fitnadan, yomonlikdan O'zi saqlasin, omin.
O'qishga kira olmaganlarga ham yaxshi joylar nasib qilsin:) omiiiiin.....
Lu'lu (Volida) opajon, Alloh sizlarni va sizdaylarni saqlasin. Duolarimiz siz bilan, opajon....xatmimiz va duolarimiz qo'rg'on bo'lsin, ustoz. Ota-onangizni yodi sizga kuch quvvat bahsh etsin...
Hayrli oqshomlar....