Demak, mening variantlarim:
Bugun ajoyib bir tush ko'rdim, Juma namozidan so'ng masjidga kelganlarga Shayh MSMYning o'zlarining "Hadis va Hayot"ning qaysidir juzini o'z qo'llari bilan jamoatdagilarga tarqatmoqdalar, qandaydir marosim tufayli edi... Bizam bollar bilan bir chetga o'tib, agar kitob ortib qolsa keyin olamiz deb turibmiz ekan... Jamoatagilarga kitob tarqalgach va jamoatni o'zi ham ketgach Shayh kelarkanlar bittadan kitob berib, hamma bilan ko'rishib, keyin manga qarab "Man sizi yaxshi taniyman" deb yuzimdan chimchilab, yelkamga urib (erkalagandey) keyin duo qilib, suhbatlashib o'tirarkanmiz, mavzu www.hilol.com haqida edi
Uyqudan hursand bo'lib turdim, Alloh nafaqat tushimda, balki ong'imdayam yetqazsin deb qo'ydim....
G'oyatda samimiy va ibratli tush manzarasi.
Endigina qadam tashlashni boshlagan, xali tili chiqib ulgurmagan bolasini yetaklab olgan do’stim bilan suhbatlashib turgandim. Do’stimning qo’lida tutab turgan sigaret. Bola nuqul dadasining qo’lidagi sigaretni olishga intilardi. Dadasi:"Otasini bolasi-da"¦ "Shustriy"ligini qara, shu narsaga aqli yetganligini qara"¦", dedi mamnun jilmayib. U bolasining sigaretga intilganligini bolasining aqlliligiga bog’lardi. Ichimda achindim unga"¦
Telefonimda gaplashayotgan paytimda o’g’limning mening qo’limga intilayotganligini, televizor pultini qulog’iga tutib "œAlu,alu" deyishlarini ko’rib, bola birinchi navbatda o’z ota-onasidan andoza olishga intilishiga amin bo’ldim. Eng avvalo ota-ona o’z farzandiga chiroyli fazilatlarini ko’rsata olishi lozim ekan. "œTarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo falokat masalasidir — degandi Abdulla Avloniy. Bu donishona aytilgan so’zlar har qanday davrda dolzarbligini yo’qotmasa kerak, nazarimda. Bolamning menga taqlid qilayotganligi naqadar yoqimli xolat. Demak, men o’zimning yomon xislatlarimni yo’qtishim kerak. Demak, biz ota-onalar farzandlarimizga munosib namuna bo’lishimiz kerak ekan.
Bugun 14 may dunyoga kelganiga endigina 2 yil to’lgan farzandim! Xali hayot oldinda!
Ertalab ishga otlanarkanman shirin uyquda eding. Peshonangdan o’pib:
-Janob, turing, sizni buyuk ishlar kutyapti! — degim keldi.
Hayot yo’ling oppoq orzularga to’la bo’lsin!
Hayotiy mulohaza.
Kishi o'limidan so'ng yo jannatga, yo do'zahga tushadi. Asosiy masala jannatga kiriladimi yoki do'zahga, ana shunda.
Odam o'lishidan oldin vasiyat qilish huquqiga ega. Er hech qachon o'limi oldidan ayoliga "Boshqasiga erga tegma..." deb vasiyat qilishga haqqi yo'q. Shunday vasiyat qilgan bo'lsa, bu vasiyatiga amal qilinmaydi. Chunki, turmush qurish ayolning haqi. Er o'lishi bilan, xotiniga nomahram hisoblanadi. (hatto jasadini yuvishi ham harom!)
Ayol kishining moddiy-ma'naviy ehtiyojlari bor. Hozirgi kunda ayol kishi o'z moddiy ehtiyojlarini qondirishi mumkin. Ammo ma'naviy ehtiyoji qonmagani sayin, unda turli kasalliklar yuzaga kelishini hozirgi tibbiyot tasdiqlagan. Shuning uchun ular turmushga chiqishlari lozim.
Qaytaga, har xil bo'lmag'ur azadorlikni yig'ishtirib, darhol erga berish kerak Adashmasam, Payg'ambarimiz ham, boshqa sahobalar ham eri o'lgan ayolga uylanish maqsadida ba'zi "ilmoqli" gaplarni ishlatishgani kitoblarimizda yozilgan.
Endi, er-xotinning jannatda birga bo'lish masalasiga kelsak. Eng avvalo har kim shu dunyoda jannatga kirishga vasila bo'ladigan amallarni bajarishi, do'zahga yetaklaydigan amallardan qochishi lozim.
Erkak kishiga jannatda o'z ayollaridan tashqari, odam ko'zi ko'rmagan hurlar beriladi deyilgan kitoblarimizda.
Ayol kishi ham o'z eri bilan bo'ladi. Ayol kishiga jannatda shunday husn beriladiki, hatto hurlar ularning oldilarida hech kim bo'lib qoladilar. Ya'ni Alloh taolo ayollarni erlariga shu darajada chiroyli qilib ko'rsatib qo'yadiki, erlar hurlarga qaramay ham qo'yadilar
Agar ayo bir nechta oila ko'rgan bo'lsachi? degan savolga olimlarimiz "Shu erlardan qaysi biri bilan qolish ixtiyorini Alloh taboraka va taolo ayolning o'ziga berib qo'yadi. U istagan eri bilan yashash ixtiyorini o'zi tanlaydi va o'sha bilan birga yashaydi" deb ayganlar. Zero Payg'ambar alayhissalotu vas salomdan naql qilingan hadisda binoan: "Kishi jannatda o'zi sevgan qavm bilan birga bo'ladi."
Qiziq va haqqoniy mulohaza.
Kanarikemiza bo'lardi, Olib qoganda... Rossa yig'laganman..
Kichkinagina, aftidan off-topga o'xshaydigan mulohaza. Lekin menga ta'sir qildi. Bizning ham yoshligimizda uyda ko'p kanareyka, to'tiqushlarimiz bo'lardi. Nechtasi o'lgan. Lekin hech yig'lamagan ekanman. Singlim 3-4 yosh edi. Qafasdagi kanareyka bilan o'ynab, uni qattiqroq quchib yuborganda, o'lib qolganda, rosa yig'lagandi...
O'g'lim 4 yosh edi.
-Men katta bo'lsam zo'r jip olaman. Men:
-O'ho', meni o'g'lim jip olarkan, meni ham chiqarasanmi mashinanga?
- Ha, chiqaraman.
-Oldigami?
-Yo'q, orqasiga.
-Voy, nega orqasiga chiqarasan meni?
-Oldida kelin o'tiradi-da.
Qarang-a, xozirdan xotinini o'ylayapti
Ishqilib yomon qaynona bo'lmayda.
Judayam qiziqarli va samimiy post. Ayniqsa, bolakayning javobidan barchaning yuzida tabassum paydo bo'lishi tabiiy.