Onasi Ibrohimni Yana ungirga olib borib tashladi. Ibrohim o‘yga toldi: "Meni yaratgan tangrim bunday sohibsiz, bo‘ysinuvchisiz bo‘lmas. Kimga topinish kerak, qanday topinish kerak, bilmasman". Shunday o‘ylar girdobida kun chiqdi. Ungirdan chiqdi. Zuxro yulduzini ko‘rdi, juda yorug‘ edi. "Mening tangrim shumikan?" degan hayolga bordi. (Oyat) "Keyin, kech kirib qorong‘u tushganida yulduzni ko‘rdi va manna bu mening parvardigorim" dedi. Zuxro yulduzi botganda esa "Tuqqan, botgan, ergashuvchi narsa tangrilikka yaramaydi, bundaylarni sevmayman", degan fikrga keldi. (Oyat) "Shunga o‘xshash narsa mening Parvardigorim bo‘ladimi?" dedi.
Sal o‘tmay oy chiqdi, u yulduzdan ham yorug‘roq edi. "Mening tangrim shumikan?" deya o‘yga botdi. Oy botgach "Bu ham chiqar va botar ekan. (Oyat) "Agar parvardigorim meni to‘g‘ri yo‘lga boshlamasa, u holda men, albatta, gumrohlardan o‘blib qolaman".
U kechani o‘y bilan o‘tkazdi. Tong otgach "Qorong‘i ketdi, olam yorishdi, kun chiqdi, u yulduzdan ham, oydan ham yorug‘roq ekan. Tangrim shumikin, bu hammasidan ulug‘roq ekan", degan hayolga bordi. (Oyat) "Quyoshni chiqib kelayotganini ko‘rganda, "manna mening robbim, bu kattaroq ekan", dedi".
Quyosh qiyomga kelgunga qadar shu hayolda turdi. Kun pastlay boshlagach, "Men botib ketguvchi narsani sevmasman. Bunday odamlardan yiroqman", dedi. (Oyat) "Albatta, men sizlar Hudoga sherik qilayotgan narsalaringizdan bezorman".