Assalamu alaykum! Yana bir qiziqarli savol:
Hazrat payg’ambarimiz Muhammad salallohu alayhi vasallam buyurdilar:
Yo Ali, beshta ishni amalgam oshirmay, uyquga yotma: avvalo, to’rt ming dirham sadaqa qil; ikkinchidan, xatmi Qur’on qil; uchinchidan, jannatni xarid qil; to’rtinchidan, hajni ado et; beshinchidan, xasm (dushman)laringni xushnud qil. (Ya’ni, ularda o’zingga moyillik uyg’ot).
Amir al-mo’minun Ali raziyallohu anhu so’radilar:
- Bularni bajarish qo’limdan kelarmikan?
Rasululloh salallohu alayhi vasallamn buyurdilar:
- xufton vaqtida to’rt marta "œFotihat al-kitob"(ni) o’qigin, ki bu to’rt ming dirham sadaqa berganing bo’ladi;
- uch marta "¦ ni o’qigin, ki bu xatmi Qur’on qilganing bo’ladi;
- "¦ qil, ki bu jannatni xarid qilganing bo’ladi;
- To’rt marta "¦ ni o’qigin, ki bu hajni tavof qilganing bo’ladi;
- "¦ qilki, bu dushmanlaringni xushnud (moyil) qilganing bo’ladi.
Nuqtalar o'rniga to'g'ri javobni toping.
Assalamu alaykum! To'g'ri javob:
Rasululloh salallohu alayhi vasallamn buyurdilar:
- xufton vaqtida to’rt marta "œFotihat al-kitob"(ni) o’qigin, ki bu to’rt ming dirham sadaqa berganing bo’ladi;
- uch marta "Surat al-Ixlos"ni o’qigin, ki bu xatmi Qur’on qilganing bo’ladi;
- menga o'n bor "Salovat" yubor, ki bu jannatni xarid qilganing bo’ladi;
- To’rt marta "Subhanallohu valhamdulillohi valo olihi salollohu vallohu akbar"ni o’qigin, ki bu hajni tavof qilganing bo’ladi;
- o'n marta Istig'for qilki, bu dushmanlaringni xushnud (moyil) qilganing bo’ladi.
Manba: "Janobi Rasululloh vasiyatlari", "Nur", Toshkent-1992 yil