Mening fikrim, tarjimadan asosiy maqsad to'g'ri tarjima qilish emas, ma'nosini o'zgartirmagan holda o'quvchiga tushunarli qilib tarjima qilishdir.
Siz yuqorida keltirgan birikmalar asosan, o'ziz aytganizdek texnik so'zlardir. Sizga maslahatim o'quv darsliklarida bu birikmalarni qanday tarjima qilishgan, shunga bir e'tibor berib ko'ring.
"O'zgaruvchan" emas "o'zgaruvchi" desa to'g'riroq bo'ladi manimcha. Ya'ni "JavaScript o'zgaruvchilari".
"Scripting language"ga keladigan bo'lsak, umuman "language" iborasi qanday tarjima qilinadi? Oddiy qilib "til" debmi yoki "dasturiy til"ga o'xshashmi?