Sifatning o‘zgarishi nuqsondurkim, Xudoliqg‘a yaramas. Bas, (musulmonlik) - bu Xudoi taoloni olamdagi hama mahluqot sifatlaridan pok deb tushunmoq joiz. Va oxiratda ham ushbu sifatlar bila ko‘rmoq chin haqiqatdur. Chunonchi, musulmonlar bu olamda Haq taoloni savol, javobsiz bilurlar, oxiratda ham sofdil, chin insonlar ko‘rgaylarkim oxiratdagi diydor bu olamdagi ko‘rishuv kabi emasdur.
Haq subhonahu va taolo qodir, qudratlidur. Ya’ni Haq taoloning qudrati komilasiga hech mushabbih - o‘xshaguvchi yo‘qtur. Va hamma narsaga qodirdur. Tavonolig‘i (kuchi, qudrati) komildurkim, hech nuqson va ojizliq va za’iflik anga yo‘l topmas. Balki xoxlag‘onini qilg‘ondur. Va har nimarsani xoxlasa qilur. Yetti osmon va zamin va Arsh, Kursi va hamma mavjudot aning qudrat qabzasida musaxxardur. Va hammaning vujudi Haq taolodinkim, Xudoi taoloning qudratida hech yoriy (yordam) berguchi va sherigi yo‘qdur. Olimdur, ilmi qadimi birla har nimarsani va har nimarsani bilguchidur. Va ilmi hamma narsaga muhitdurkim, a’loi oliyyindin taxtus sarog‘acha aninga donishidan tashqari hech nimarsa yo‘qtur. Chunki hamma mavjudot aning ilmi qudrati bilan yaratilgandir. Balki biyobonlardagi qumlar donasi va daraxtlar bargi va muxtalif mavjudot, nafslar va ko‘ngillar aning yaratganlaridur. Va daryolar qatrasi va havo zarrasi Haq taoloning ilmi qadimida andog‘ ma’lum va makshuf (kashf etilgan)durki, osmonlar adadini o‘zidan o‘zga zot bilmas.
Bizlarning xotiramizda ma’lum misllik har nimarsaki, olam arsasida (sahnida) mavjuddur hammasi Haq taoloning xohishi va irodasi birlandur.
Va hech nimarsa oz, to‘la, katta, kichik, xayr u shar (yaxshi, yomon) toat va ma’siyat, kufr va imon, foyda va ziyon, ziyodat va nuqson, ranj va rohat, bemorlik va tandurustlik, g‘aniylik (boylik) va darveshlik faqatgina Haq taoloning taqdir va irodasi va qazosi hukmi bilan mavjud bo‘lg‘usidur.