Assalomu alaykum.
Xonadonda ko'p vaqt ayollar,qizlar bo'ladi. Uy erkaklari ish,o'qish sabab ko'chaga chiqishganda ko'chadan kelgan odamga tabiiyki,ayol kishi peshvoz chiqadi. Lekin erkaki yo'q uyga kelgan uy boshlig'ini biron uzoq erkak qarindoshi yo do'sti kelsa bu holga qanday qaraysiz? Mehmon kutish odobi haqda barchamiz köpmi ozmi bilimga egamiz. Lekin erkak bo'lmagan uyga begona erkak kelib,uy egasini kelishini kutish qaysi axloq-odob me'yorlariga mos keladi? Uyda erkak yo'qligini bilib uzr surab qaytib ketmagan kishiga nima deyish kerak?
O'zingiz bu holda qanday yöl tutasiz va qanday yechim taklif qilasiz?
Marhamat...
XX asr o'rtalari va oxirlarida yashagan o'zbeklar ahloq-odob meyorlarida bu hech qanday axloqsizlik emas, ha endi kimlardir bu axloq-odob qoidalaridan mustasno bo'lishi mumkin, ular ham bo'lsa QUR'ON va HADISni ODOBdan ustun qo'yganlardir.
1000ta hadis 1 ta oyatdan ustun bo'la olmaganidek, 1000ta odob ham bitta hadisdan ustun bo'la olmaydi.
Odob bu keng zamonaga qarovchi narsa, Qur'on va Hadis esa aniq va o'zgarmas, o'zgaruvchan zamonaga emas, balki o'zgarmas tug'ulish, o'lish, qabr, oxirat kabi faktlarga bog'liq narsalar.
Mehminga bordi keldi men va o'rtoqlarim orasida, kelishilgan holda, qachon baraylik, qachon kelasizlar va hokazo.