Umumiy bo'lim > Rasululloh SAV va sahobalar

Umar ibn Xattob r.a. hikmatlaridan

<< < (3/5) > >>

Hadija:
Hazrati Umarning o‘gitlari

Soib ibn al-Musayyabdan:
«Umar ibn Hattob odamlarga o‘n sakkizta serhikmat kalimalarni qoldirganlar».
Aytdilar:
— Biror kishini biror ishda senga itoat qilishda Allohga gunohkor bo‘lgani uchun jazolasang, uning itoatsizligi o‘sha ishda sening Allohga itoat qilishingdek bo‘lsa, bas, uni jazolamaysan.
— Birodaringdan sen o‘ylagandek foyda kelishi uchun uning ishini eng yaxshi o‘rinlat.
— Bir musulmonning og‘zidan chiqqan so‘zni yomonga yo‘yma, sen u so‘zni yaxshilikka yo‘yish-ga harakat qil.
— Kim o‘zini tuhmat qilinadigan o‘rinda ko‘rsatsa, unga nisbatan yomon gumon qiladiganlarni malomat qilmasin.
— Kim o‘z sirini berkitsa, yaxshilik uning qo‘lidadir.
— O‘zingga sodiq do‘stlar tanla, ular panohida yashaysan, chunki ular kengchilikda ziynat, qiyinchilikda qalqondirlar.
— O‘zingga doim rost so‘zlarni ixtiyor qil, agar seni rostlik o‘ldirsa ham.
— Foydasiz narsaga urinma.
— Hali bo‘lmagan ishdan so‘rama, chunki bo‘lgan ishdan unga ortmaysan.
— Sening najotingga xayrxoh bo‘lmagan kishidan hojatingni so‘rama.
— Yolg‘on qasam ichishni yengil sanama, uning sababidan Alloh seni halok qilur.
— Fojirlar ila hamsuhbat bo‘lma, ularning fujurlaridan o‘rganasan.
— Dushmaningdan uzoq bo‘l.
— Do‘stingdan ehtiyot bo‘l, ishonchlisi mustasno. Allohdan
qo‘rqqangina ishonchli bo‘lur.
— Qabrlar oldida odob bilan tur.
— Itoat vaqtida o‘zingni xor tut.
— Gunoh oldida najot arqonini mahkam ushla.
— Ishingda Allohdan qo‘rqqanlar ila maslahatlash. Zero, Alloh: «Allohdan olim bandalari qo‘rqadi» (Fotir, 28, mazmuni), deb marhamat qilgan».
www.islom.ziyouz.com

Mahdiyah:
E’tiqodingizga ko’ra yashamayotgan bo’lsangiz, yashayotganingiz kabi e’tiqod qila boshlaysiz.

Hazrati Umar roziyallohu anhu

Mahdiyah:
Dunyosini tark etib, faqat oxirati uchun amal qilgan odam ham yoki oxiratni tark etib, faqat dunyosi uchun amal qilgan odam ham sizlarning yaxshilaringiz emas. Balki unisiniyam, bunisiniyam ushlagan odam yaxshilaringizdir.

Umar ibn Xattob roziyallohu anhu

Mahdiyah:
Ubay ibn Ka’b Umar roziyallohu anhudan:

- Taqvo nima? — deb so’radi.
- Tikanli yo’lda hech yurganmisan? — dedi Umar.
- Ha, yurganman.
- Qanday qilib yurgansan?
- Diqqat qilib, ehtiyot bo’lib, jiddu jahd bilan yurganman.
- Xuddi ana o’sha taqvodir.

Mahdiyah:
Allohga taqvo qilish dushmanga qarshi eng afzal qurol va urushda eng yaxshi hiyladir.

Umar ibn Xattob roziyallohu anhu

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

[*] Previous page

Go to full version